O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI



Yüklə 9,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/165
tarix24.09.2023
ölçüsü9,29 Mb.
#147967
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   165
o\'zbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

161
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
161
161
Voyaga yetmaganlarga qo‘shimcha jazolar tayinlanishi 
mumkin emas. 
Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishi 
jazoning yengillashtiruvchi holati (55- modda), yosh bola shaxsiga 
nisbatan jinoyat sodir etish, jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat deb 
belgilanadi.
Endi har bir jazo chorasi haqida alo hi da to‘xtalib o‘tsak:
Jarima
— bu jinoyat qilgan insondan davlat hisobiga pul undirishdir. 
Jarima faqat 16 yoshga to‘lgan voyaga yetmaganlargagina eng kam oylik 
ish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi.
Axloq tuzatish ishlari jazosi
— mehnatga qodir, voyaga yetmaganni 
mehnatga majburan jalb qilishdan iborat.
Voyaga yetmaganlarga bu jazo turi bir oydan bir yilgacha muddatga 
tayinlanadi.
Ozodlikni cheklash
— bu jazo voyaga etmagan maxbuslarga nisbatan 
asosiy jazo chorasi sifatida 6 oydan 2 yilgacha muddatga belgilanadi. 
Majburiy jamoat ishlari
— faqat mehnatga layoqatli voyaga yet-
maganlarga nisbatan 60 soatdan 240 soatgacha bo‘lgan muddatga tayin-
lanadi. 
Ozodlikdan mahrum qilish
— bu jazo turi voyaga yetmaganlarga 
nisbatan 6 oydan 10 yilgacha muddatga tayinlanadi.
Umuman, ozodlikdan mahrum qilish 13 yoshdan boshlab qo‘llaniladi. 
Bunda jazolanuvchilarning jinsi ham e’tiborga olinadi. 18 yoshga to‘lmagan 
erkaklarga ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy yoki kuchaytirilgan 
tartibli tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi. Qizlarga nisbatan esa, 
jazoni umumiy tartibli tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi. 
Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda, voyaga yetmaganlarning 
rivoj lan gan lik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, katta 
yoshdagilarning ta’si ri ni, o‘z xatti-harakati ahamiyatini to‘liq anglamasligini 
aniqlasa, jazo maj bu riy chora bilan almashtiriladi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan kattalarning (18 yoshdan oshgan) mas’-
uli yatlari ham oshirilgan. Xususan, kattalar voyaga yetmaganlarni tilan chi-
lik ka, spirtli ichimliklar ichishga jalb qilsa 3 yilgacha, giyohvand moddalar 

Yüklə 9,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin