2. Inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi.
Inson, uning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari hamda
man fa atlari oliy qadriyat ekanligi.
3. Davlat va fuqaroning bir-birlari oldida o‘zaro mas’uliyati.
4. Hokimiyatning qonuniyligi.
Hokimiyat demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantiriladi. Davlat
hokimiyati mamlakatning ichkarisida va xalqaro miqyosda tan olinadi.
5. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi.
Davlat hokimiyati: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga
bo‘ li nadi. Davlat hokimiyati vakolatlari mana shu uchala hokimiyat o‘rtasida
taq simlanadi.
6. Sudning mustaqilligi.
Sudning faoliyatiga hech kim aralasha olmaydi. Sudlar faqat qonun
talablariga bo‘ysunadi.
7. Huquqni muhofaza qilish mexanizmining samarali ishlashi.
Ular inson huquq va erkinliklarini lozim darajada himoya qilishi kerak.
8. Yuqori darajadagi huquqiy madaniyat.
Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, ularni hurmat qilish va
ular ga rioya qilishda namoyon bo‘ladi.
9. Demokratiyaning rivojlanganligi va takomillashganligi.
Xalq davlat boshqaruvida qatnashadi, siyosiy huquqlar va erkinliklar
kafo latlanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak:
– huquqning barcha subyektlari, shu jumladan, davlat organlari, man-
sab dor shaxslar va oddiy fuqarolar qonunlarga qat’iy rioya etishlari;
– fuqaro va davlatning qonunlar doirasida bir-birlari oldida o‘zaro
mas’ulligi;
– siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy ko‘p fi krlilik davlat tomonidan qo-
nu niy lashtirilganligi va kafolatlanganligi;
– fuqorolarning huquq va erkinliklarining ta’minlanganligi huquqiy
davlatning afzalliklaridandir.
FUQAROLIK JAMIYATI VA HUQUQIY DAVLAT
http:eduportal.uz
56
Mana shuning uchun ham jahonning eng ilg‘or mamlakatlarida huquqiy
dav lat barpo qilish ustuvor vazifa qilib qo‘yilgandir.
Davlatning uchinchi oraliq turi ham mavjud bo‘lib, ular ushbu ikkala
dav lat xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradilar. Bu davlatlarning ba’zi-
lari o‘z xususiyati, tabiati va yo‘nalishi bo‘yicha etatik davlatlarga, ba’zi-
lari esa huquqiy davlatga yaqin tursalarda, ayrim jihatlari bilan ulardan
farq la nadilar.
Bizning faoliyatimiz eng muhim konstitutsiyaviy qoidaga –
ijtimoiy adolat tamoilining ta’minlanishiga qaratilishi shart.
Jamiyatda ijtimoiy adolat ta’minlanishini qaror topdirish borasidagi
asosiy vazifamiz – bu adolatli qonunlar qabul qilishdan iborat.
Shavkat Mirziyoyev
1. Prezidentimizning yuqoridagi fi krida huquqiy davlatning asosiy
belgilaridan qaysilari o‘z aksini topgan?
2. Huquqiy davlat sharoitida ijtimoiy adolatning ahamiyati haqida
o‘z fi kringizni bildiring.
3. Atrofi mizdaga hayotdan Prezidentimizning yuqoridagi so‘zlarini
tasdiqlovchi misollar keltiring.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ish-
larini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok
etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi bosh-
qarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini de mok ratik
tarz da tashkil etish, shuningdek davlat o‘rganlarining faoliyati
ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li
bilan amalga oshiriladi.
32- moddadan.
1. Konstitutsiyaning yuqoridagi moddasi davlatning qanday turiga xos
deb o‘ylaysiz?
2. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlari huquqiy davlatning
qay si xususiyatlariga mos keladi?
http:eduportal.uz
|