57 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 57 57 Atamalarga mos ta’rifl arni belgilang. 1. Huquqiy davlat 3. Davlatning oraliq turi 2. Etatik davlat 4. Fuqarolik jamiyati 1. Huquqqa nisbatan munosabatiga qarab davlat qanday turlarga ajratilishi
mumkin?
2. Etatik davlat qanday davlat ekanligini tasvirlab bering.
3. Qanday davlatga huquqiy davlat atamasini qo‘llash mumkin?
4. Huquqiy davlatning asosiy belgilarini sanab bering.
5. Davlatning oraliq turiga kirgan davlatlarning qanday o‘ziga xos tomonlari
mavjud?
6. “Fuqarolik jamiyati” atamasining “jamiyat” atamasidan qanday farqlari
bor?
7. Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida adolatli jamiyatni qanday
tavsifl aydi? Shu tavsifni fuqarolik jamiyati belgilari bilan taqqoslab ko‘ring.
Fikringizni bayon qiling.
8. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining qanday unsurlari
(elementlari) shakllanib bormoqda?
9. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining qanday o‘ziga xos
tomonlari mavjud?
a) – davlat boshqaruvi buyruq va farmoyishlarga asoslangan, fuqa- ro larning va tashkilotlarning erkinliklari cheklangan davlatdir. b) – huquqning hukmronligi ta’minlangan, insonning huquqlari va er kin liklari kafolatlangan, hokimyat vakolatlari bo‘lingan davlatdir. e) – komil fuqarolardan, ya’ni uzviy bog‘liqlikda bo‘lgan hamda ax lo qiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jami- yat dir. d) – ham huquqiy davlatning, ham etatik davlatning belgilarini ma’lum darajada o‘zida mujassamlagan davlat turidir. FUQAROLIK JAMIYATI VA HUQUQIY DAVLAT Bob bo‘yicha umumiy takrorlash uchun savollar va topshiriqlar http:eduportal.uz