qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Bu qonun-
chilik hujjatlarining qabul qilinishi:
– fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil qilish va rivojlantirish;
– ularning mustaqilligini va to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun
qo nun chilik sharoitini yaratish; ularning moddiy-texnikaviy ta’minotini
yo‘lga qo‘yish;
– ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish;
– ularning davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan
na zo ratini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.
FUQAROLIK JAMIYATI VA HUQUQIY DAVLAT http:eduportal.uz
52 Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar Hikmatlar xazinasidan! Adolat – oxiratda najot, dunyoda saodat boshi.
(
Ali ibn Abu Tolib )
1. Fuqarolik jamiyatini qanday ta'rifl ash mumkin?
2. Fuqarolik jamiyati qanday belgilari bilan ajralib turadi?
3. Fuqarolik jamiyatining xususiyatlarini sanab bering.
4. Fuqarolik jamiyati sharoitida davlatning roli qanday bo‘ladi?
5. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining qanday belgilari mavjud?
6. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining qanday institutlari mavjud?
7. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida qanday ishlar
amalga oshirilmoqda?
Huquqning ustuvorligi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlanti-
rish ning muhim elementidir.
Bag‘rikenglik va hamkorlikda ish olib borish o‘zbek xalqining mentali-
teti ga xosdir. Umid bildirish mumkinki, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish da ayni mana shu xususiyatlar yetakchilik qiladi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining taraqqiy topishini quyidagi asosiy
yo‘na lishlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofi qdir:
1) Mulkni davlat tasarrufi dan chiqarish;
2) Ko‘ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish;
3) Ishlab chiqarishni yuksaltirish;
4) Maqbul ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish.
O‘zbekistonda yoshlar fuqarolik jamiyati ijtimoiy negizining o‘zagini
tash kil etishi lozim.
Fuqarolik jamiyati sharoitida davlat va shaxs huquqning teng subyektlari
sifa ti da faoliyat yuritadilar. Bu esa, o‘z navbatida huquqiy demokratik davlat
sharoitidagina yuz berishi mumkin bo‘lgan holatdir.
Bundan xulosa qilish mumkinki, fuqarolik jamiyatida davlat tomonidan
muay yan kafolatlar tizimi tashkil etilishi lozim. Hozirgi paytda O‘zbekiston
Res publikasida qabul qilinayotgan qonun, farmon va farmoyishlar tizimi
ana shunday tizimlarga misol bo‘la oladi.
http:eduportal.uz