49
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
49
49
Fuqarolik jamiyati – komil fuqarolardan, ya’ni uzviy bog‘liqlikda
bo‘l gan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan
ibo rat jamiyat.
Fuqarolik jamiyati uning a’zolari bo‘lmish fuqarolarning o‘zlari to -
mo nidan boshqarilib turiladigan va qat’iy qaror topgan jamiyat. Bun day
ja mi yat o‘zini-o‘zi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fu qa-
ro lik jamiyatiga dav lat jamiyatning nazoratida bo‘lishi kerak,
chunki davlat
fuqarolik ja mi yatining “yollanma xizmatkori”dir. Bunday jamiyat nafaqat
o‘zining si yo siy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy,
ijtimoiy hayotini ham
o‘zi bosh qa rib turadi.
Hamma jamiyatlar ham fuqarolik jamiyati emas. Fuqarolik jamiyati
yuk sak darajadagi ijtimoiy rivojlanish belgisi desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyatini to‘laqonli ravishda tasavvur qilish uchun uning
xu su siyatlarini bilish katta ahamiyatga egadir. Fuqarolik jamiyatining
Fuqaro va fuqarolik haqidagi tasavvurlar paydo bo‘lgan
davrlardan
bosh lab fuqarolarning umumiy uyushmasi sifatida jamiyat tushunchasi
yuza ga keldi. Bu tushuncha avvalo, Sharqda, jumladan, qadimgi Bobilda
“Ham murapi qonunlari”, qadimgi Turonda “Avesto” siyosiy va huquqiy-
axlo qiy ta’limoti bilan bog‘liq
otashparastlik, ya’ni zardushtiylik davrida,
keyin chalik qadim Ellada va Rimda paydo bo‘ldi.
Fuqarolik jamiyatini tasavvur qilishni osonlashtirish uchun uning asosiy
bеlgi larini sanab o‘tish maqsadga muvofi qdir. Fuqarolik jamiyatining asosiy
bеlgi lari quyidagilardan iboratdir:
– turli mulkchilik shakllarining mavjudligi;
– barcha mulkchilik shakllariga bir xilda munosabatda bo‘linishi, ya’ni
mulkchilik shakllarining
qonun doirasida tеngligi;
– erkin mеhnat qilish va kasb tanlash imkoniyati;
– tadbirkorlikka kеng imkoniyatlar yaratilganligi;
– siyosiy erkinliklarning mavjudligi;
– fi krlar xilma-xilligi va axborot
erkinligining mavjudligi;
– inson huquq va erkinliklarining kafolatlanganligi;
– o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining rivojlanganligi;
– adolatli huquqiy hokimiyatning mavjudligi;
– huquq ustuvorligining ta’minlanganligi.
Dostları ilə paylaş: