O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari



Yüklə 9,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/165
tarix24.09.2023
ölçüsü9,29 Mb.
#147967
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   165
o\'zbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

108
Huquq manbai 
davlat irodasini muayyan huquqiy-normativ hujjatlar
qonun normalarida ifodalash, bayon qilish usuli va shaklidir. Huquqshunoslik 
fanida huquq manbalarining quyidagi to‘rt shakli e’tirof qilingan:
Huquqiy odat
— bu jamiyat a’zolari tomonidan uzoq vaqt qo‘llanilishi, 
doimiy takrorlanishi natijasida jamiyat tomonidan qabul qilingan xulq-atvor 
normasiga aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiqlangan qoidaga 
aytiladi. Huquqiy odat qadimgi davrlarda asosiy huquq manbai hisoblangan. 
Hozirgi paytda ham ayrim davlatlarda, masalan, Buyuk Britaniyada mavjud.
Yuridik pretsedent 
sudning umummajburiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
aniq bir ish bo‘yicha qaroridir. Yuridik pretsedentning o‘ziga xos jihati 
shundaki, u qabul qilingach, o‘sha masala bo‘yicha umummajburiy qoidaga 
aylanadi. Huquqiy pretsedent ayrim mamlakatlarda, masalan Buyuk 
Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliyada huquq manbai hisoblanadi. Ular 
anglo-sakson huquqiy tizimiga, huquq oilasiga kiradi. Lekin, O‘zbekiston
Respublikasining huquq tizimida qo‘llanilmaydi. Sababi, O‘bekiston roman-
german huquqiy tizimi (oilasi)ga mansub. 
Normativ-huquqiy hujjat
– huquqning asosiy manbaidir. Normativ-
huquqiy hujjat vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan 
yuridik huquqiy hujjati bo‘ lib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o‘z 
ichiga oladi.
Qonunchilik – vakolatli davlat organlarining qonun chiqarish 
faoli yati hamda har bir vakolatli davlat organining qat’iy belgilangan 
huqu qiy-normativ hujjatlarni chiqarish huquqiga egaligidir.
Normativ-huquqiy hujjatning belgilari:
– huquqiy normalarni mustahkamlaydi, rasmiylashtiradi;
– belgilangan qoidalarning mazmunini bayon etadi;
– belgilangan normalarga umummajburiy tus beradi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Qonun, shu jumladan, asosiy qonun hisoblangan – Konstitutsiya. Ular, 
umumxalq ovoz berish yo‘li bilan yoki parlament tomonidan qabul qili nadi;
2. Farmon – davlat boshlig‘ining normativ-huquqiy hujjati;
3. Hukumat qarorlari va farmoyishlari;
http:eduportal.uz



Yüklə 9,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin