114
Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Ijodiy faoliyat
Tuzgan shartli davlatingizda mavjud huquqiy-normativ hujjatlarni
O‘zbe kiston Respublikasi huquq manbalari bilan solishtirib ko‘ring.
1) Buni, masalan, Konstitutsiya misolida ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Siz
tuzgan huquqiy-normativ hujjatlarning nomlari O‘zbekiston Respub-
li kasi huquq manbalari nomlaridan farqlanadimi?
2) Qaysi hujjatlar matni aynan bir xil, qaysilari farq qilishi mumkin?
3) O‘zbekiston Respublikasi huquq manbalarini o‘zgartirganingizdan
keyin o‘zingizning shartli davlatingizning huquq manbalarini qay
tari qa o‘zgartirgan bo‘lar edingiz?
1. O‘zbekistonda huquq manbalari nimalardan iborat?
2. Xalqaro huquqiy manbalar nimalarni o‘z ichiga oladi? Ular nima uchun
kerak?
3. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qanday asosiy guruhlarga bo‘linadi?
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qanday alohida ahamiyati
bor? Bunga sabab nima?
5. Konstitutsiyaviy qonunlar va oddiy qonunlar orasida qanday umumiylik
va qanday farqlar bor?
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari qaysi hududda amal qiladi?
7. Qonun qaysi vaqtdan boshlab kuchga kiradi va qaysi hollarda o‘z kuchini
yo‘qo tadi?
8. Qonun zamonda va makonda amal qiladi deganda nimani tushunasiz?
9. Hamma qonunlar ham O‘zbekiston hududidagi barcha shaxslar uchun
maj bu riymi? Istisnolarga misol keltiring.
10. Siz qonunosti hujjatlari deganda nimalarni tushunasiz? Ularga misollar
keltiring.
Sharhlang!
Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida O‘zbekiston Res pub lika-
si ning Konstitutsiyasi asosiy o‘rin tutadi. Konstitutsiya amaldagi qonunlar
uchun yuridik asosdir.
Dostları ilə paylaş: