13
Texnologiyaning maqsadi:
Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy
xulosalar chiqarish,
taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash,
shuningdek,
mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza
mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa
berishda hamda amaliy
mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
-
qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi;
-
har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:
-
ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.
FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar
asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.
Namuna. Fikr:
“
Polimarfizim ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy tamoyillaridan
biridir”.
Topshiriq:
Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling.
“Assesment” metodi
Metodning maqsadi:
mazkur metod ta’lim oluvchilarning bilim darajasini
baholash, nazorat
qilish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi va amaliy ko‘nikmalarini tekshirishga yo‘naltirilgan. Mazkur texnika
orqali ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati turli yo‘nalishlar (test, amaliy ko‘nikmalar, muammoli
vaziyatlar mashqi,
qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo‘yicha tashhis qilinadi va baholanadi.
Dostları ilə paylaş: