27– Laboratoriya ishi Mavzu: Antivirus dasturiy ta’minotini o’rnatish va sozlash Ishdan maqsad: Ko’p foydalanadigan antivirus dasturlari haqida bilim va ko’nikmaga ega bo’lish.
Kompyuterga antivirus dasturini o’rnatish va sozlashni o’rganish.
Bugungi kunda viruslardan himoya qiluvchi antivirus dasturlari eng ko’p murojaat
qilinuvchi dasturdir. Sababi kompyuter, smartfon qurilmalar har doim viruslar bilan zararlanadi.
Antivirus dasturlari qurilmalardagi vuruslarni topib zararsizlantiradi va qurilmani soz holatda
ishlashiga xizmat qiladi. Ko’plab antivirus dasturlarini tahlil qilinadigan bo’lsa ularning vazifasi bir
hil bo’lsada lekin ishlash jarayoni, tezligi, samaradorligi teng emas.
Shuning uchun foydalanuvchilar antivirus dasturlari haqida yetarli ma’lumotlarga ega
bo’lishi kerak. Albatta barcha antivirus dasturlarni ko’rib chiqish qiyin, shuning uchun mashxur
antivirus dasturlarni tahlil qilib chiqish yetarli bo’ladi.
Avast Free Antivirus - yuqori himoyalovchi bepul antiruvur dasturi.
Dunyo bo’ylab milionlab foydalanuvchilar aynan shu dasturni afzal ko’rishadi.
Avast Free Antivirus afzallik jihatlari:
Ma’lumot bazasi doimiy yangilanib turadi.
Real vaqt rejimida rutkitlardan yuqori himoyalaydi.
Kompyuterni internet keladigan zararli dasturlardan himoyalaydi.
Dastur interfeysi tushunarli va qulay.
AVG Anti-Virus Free - ommabop antivirus dasturining asosiy
xususiyati tizimga chuqur integratsiyalashganligidir. Antivirus dasturi ishga tushganda avtomatik
fayl va dasturlarni virus, troyan va josus dasturlardan himoyalash uchun skanerlaydi. Undan
tashqari bu antivirus foydalanuvchi belgilagan grafik bo’yicha ham ishlaydi.
AVG Anti-Virus Free afzallik jihatlari:
Tizimni tez va sifatli skanerlash.
Dastur ishga tushgach avtomatik viruslardan himoyalash
Grafik bo’yicha ishlash tizimi
Doimiy bazani yangilanib turishi
223
Foydali himoya moduli (Link Scanner, e-Mail Scanner)
Zamonaviy va intuitive interfeys