aniqlilik — xamma buyruqlarni aniq va to‘liq bajarish kafolati;
tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot manbalariga xar xil kirishga
egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati;
nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini to‘liq tekshirish
mumkinligi kafolati;
identifikatsiyalashni nazorat qilish — xozir tizimga ulangan mijoz aniq o‘zini kim deb
atagan bo‘lsa, aniq o‘sha ekanligining kafolati;
q asddan buzilishlarga to‘sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida qasddan
xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan xolda o‘zini tutishi.
Asosiy tushuncha va atamalar Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining xavfsizligi deganda, ular me’yoriy ishlash
jarayoniga tasodifiy yoki oldindan mo‘ljallangan aralashishdan, hamda ularning tashkil etuvchilarini
o‘goAirlashga, o‘zgartirishga yoki buzishga bo‘lgan intilishlardan himoya qilinganligi tushuniladi.
Axborotga murojaat qilish deganda , axborot bilan tanishib chiqish, uni qayta ishlash,
nusxalash, o‘zgartirish va yo‘qotish tushuniladi.
Axborotga ruxsat etilgan murojaat qilish bu, murojaat qilish cheklanishlariga o‘rnatilgan
qoidalarni buzmaydigan, axborotga murojaat qilish tushuniladi.
Axborotga ruxsat etilmagan murojaat qilish bu, murojaat qilish cheklanishlariga
o‘rnatilgan qoidalarning buzilishi bilan tavsiflanadi.
Asosiy tushuncha va atamalar
Berilganlarning maxfiyligi bu, berilganlarga taqdim etilgan va ularni himoya qilish talab
etilgan darajani aniqlaydigan maqomdir.
Tizim sub’ekti tizimning tashkil etuvchisi bo‘lib, u ob’ektdan ob’ektga axborot oqishining
yoki tizim holatini o‘zgartirishni sababchisi bo‘lishi mumkin.