23
dasturiy ta’minotning noto‘g‘ri ishlashi oqibatida kelib chiqadigan ma’lumotlarning
yo‘qolishi, dasturiy ta’minotning nosozligi natijasida ma’lumotlarning o‘zgarib ketishi yoki yo‘q
bo‘lib ketishi, tizimning kompyuter viruslari bilan zararlanishi natijasida ma’lumotlarning yo‘qolishi
va h.;
ruxsatsiz foydalanish bilan bog‘liq yo‘qotishlar: ma’lumotdan
ruxsatsiz nusxa olish,
yo‘qotish yoki qalbakilashtirish, maxfiy, sir tutilishi lozim bo‘lgan ma’lumotni
begona kishilarga
tanishtirish;
arxiv ma’lumotlarini noto‘g‘ri saqlash bilan bog‘liq yo‘qotishlar;
xizmatchi shaxs yoki foydalanuvchining xatolari: ma’lumotlarni o‘zi bilmagan holda
o‘zgartirish yoki yo‘qotib
yuborish, ma’lumotlarning yo‘qolishiga yoki buzilishiga olib keluvchi
dastur yoki apparat ta’minotidan noto‘g‘ri foydalanish.
24
Xavfsizlikka tahdidlar oqibatlari quyidagilar hisoblanadi:
telekommunikatsiya
xizmatlariga
ruxsat
etilmagan
ulanish,
shuningdek,
telekommunikatsiya tarmoqlaridagi turli firibgarliklar;
telekommunikatsiya tizimlari alohida elementlarining yoki
butun telekommunikatsiya
tizimlarining ishdan chiqish imkoniyati;
telekommunikatsiya tizimlarining ishlash
samaradorligini kamayishi;
telekommunikatsiya tizimlarining texnik vositalarida olib boriladigan abonentlarning
axborotlarini
chiqib ketishi;
telekommunikatsiya tizimlarida uzatiladigan ma’lumotlar bazasi axborotlarining chiqib
ketishi.
Xalqaro standartizatsiya birlashmasi (MOS,ISO) xalqaro
standartlar bilan ochiq
tizimlarning o‘zaro bog‘liqligi uchun yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: