7-Ma’ruza
Mavzu: Kanal va seans sathlarida himoyalanganlik kanallarni shakllantirish protokollari.
Reja:
1.
Kanal sathi va uning vazifasi
2.
MAC sathi va uning vazifasi
3.
LLC sathi va uning vazifasi
Kanal sathi (Data Link layer) – bu sathda uzatish muhitiga ulanish mumkin yoki mumkin
emas¬ligini tekshirish, hamda uzatilayotgan ma’lumotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularni to‘g‘irlash
mexanizmini amalga oshirish kabi vazifalar bajariladi.
Buning uchun kanal sathida bitlar ketma-ketligi kadrlar (frames) (1-rasm) deb ataladigan
to‘plamlarga guruhlanadi. Kanal sathi har bir kadrni to‘g‘ri uzatilishini ta’minlab beradi. Buning uchun
hamda kadrni kadrdan ajratib turish uchun kanal sathi har bir kadrni boshlanishidan avval va ohirida
maxsus bitlar ketma-ketligini joylashtiradi.
1-rasm. Kadr tuzilishi
Har bir kadrning baytlari ma’lum bir yo‘l bilan ishlanib nazorat qilish summasi hisoblanadi va
u ham kadr tarkibiga qo‘shilgan bo‘ladi. Kadr tarmoq orqali o‘z manziliga etib kelganida, uni qabul
qilib olgan stantsiya ham na¬zorat qilish summasini qayta hisoblaydi va kadrda birga yuborilgan
nazorat qilish summasi bi¬lan solishtiriladi. Agar ular bir xil bo‘lsa kadr to‘g‘ri etib kelgan hisoblanadi
va qabul qilinadi.
Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan kompyuterlar, ko‘priklar
kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal sathi protokollariga misol qilib - Ethernet,
Token Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN protokollarini keltirish mumkin. Ma’lumotlarni sifatli uzatishni
ta’minlash vazifalari kanal sathi bilan birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq va transport sathlari
vazifalariga ham kiradi.
Bu standartlarga asosan lokal kompyuter tarmoqlarining kanal sathi ikkita sath osti sathlariga
bo‘linadi:
1.
LLC (Logical Link Control) – mantiqiy kanalni boshqarish sath osti sathi.
2.
MAC (Media Access Control) - muxi¬tiga ulanishni boshqarish sath osti sathi.
LLC sathi – kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlarni har-xil darajadagi ishonchlilik bilan
uzatishni amalga oshirish uchun javob beradi, hamda tarmoq sathi bilan ulanuvchi interfeys vazifasini
bajaradi. Tarmoq sathi, LLC sathi orqali, kanal sathidan o‘ziga kerak bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish
amaliyotini, ya’ni transport hizmatini unga kerak bo‘lgan sifatda bajarib berishni so‘raydi.
MAC sathi esa – kompyuterlar birgalikda foydalanadigan umumiy shina yoki halqa
topologiyali muxit vaqtini ma’lum bir algoritm asosida taqsimlab, tarmoqni to‘g‘ri ishlashini ta’minlab
beradi. MAC sathi yordamida uzatish muhitiga murojaat qilishga ruxsat olingandan so‘ng, LLC sathi
tomonidan ma’lumotlarni mantiqiy birliklarini, axborot kadrlarini, har-xil darajadagi sifat bilan
uzatish, ya’ni transport hizmati amalga oshiriladi.
51
2-rasm. IEEE 802.x standartlarining tuzilishi.
Lokal kompyuter tarmoqlarining har-bir texnologiyasi tavsifi ikki qismga bo‘lingan bo‘ladi:
MAS sathi tavsifi, fizik sath tavsifi.
2- rasmdan ko‘rinib turibdiki MAS sathining yagona protokoliga, fizik sath protokollarining
bir-nechta variantlari to‘g‘ri keladi.
Barcha texnologiyalarning kanal sathi uchun esa umumiy bir-nechta ish rejimli LLC protokol
tasvirlangan. IEEE institutidan boshqa joyda ishlab chiqilgan lokal tarmoq standartlari ham 802.2
bo‘lim tomonidan ishlab chiqilgan LLC sathi protokoliga moslangan bo‘lishi kerak.
802 komitet tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
- 802.1 Internetworking – tarmoqlarni birlashtirish, ya’ni bir-nechta tarmoqlarni birgalikda
ishlashini ta’minlovchi standartlarni ishlab chiqish bo‘limi;
- 802.2 Logical Link Control (LLC) – ma’lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish
standartlarini ishlab chiqish bo‘limi;
- 802.3 Ethernet, ma’lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning CSMA/CD usuli bo‘yicha
ishlaydigan LKT;
- 802.4 Token Bus LAN - ma’lumotlarni uzatish muhitiga mu¬rojaat qilishning Token Bus
usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;
- 802.5 Token Ring LAN - ma’lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning Token Ring
usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;
- 802.6 Metropolitan Area Network (MAN) - megapolislar tarmog‘i yoki shahar tarmog‘i;
- 802.7 Broadband Technical Advisory Group – har-xil ko‘rinishdagi axborotlarni uzatish
standartlari guruhi;
- 802.8 Fiber Optic Technical Advisory Group – optik tolali tarmoqlar bo‘yicha texnik
maslahat guruhi;
- 802.9 Integrated Voice and data Networks – tovush va ma’lumotlarni uzatuvchi
integratsiyalangan tarmoqlar;
- 802.10 Network Security – tarmoq xavfsizligi;
- 802.11 Wireless Networks – o‘tkazgichlarsiz tarmoqlar;
- 802.12 Demand Priority Access LAN, l00VG-AnyLAN – ahamiyatga egalik darajasi asosida
talab qilish usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT.
Lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari, qoida bo‘yicha OSI modelining ikkita quyi
sathlari – fizik va kanal sathlari vazifalarini amalga oshiradilar (3-rasm).
Odatda LLC sathi vazifalari operatsion tizim tarkibiga kiruvchi dasturlar yordamida, MAC
sathi vazifalari esa tarmoq adapterining (va uning drayveri) apparat-dasturiy vositalari yordamida
amalga oshiriladi.
52
MAC sathi va uning vazifalari. MAC sathining asosiy vazifalari quyidagilardir:
1.Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanishni ta’minlash.
2.Fizik sathning bajaradigan vazifalari va qurilmalardan foydalangan holda, chekka bog‘lamlar
(kompyuterlar, stantsiyalar) o‘rtasida kadrlarni uzatib berish.
Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanishning quyidagi uchta asosiy usuli mavjud:
- tasodifiy ulanish usuli;
- tasodifiy bo‘lmagan ulanish usuli;
- so‘rovlar algoritmiga asoslangan ulanish usuli.
Qaysi ulanish usuli qo‘llanilishidan qat’iy nazar MAS sathi tomonidan kadrlarni uzatish bir
nechta bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqich. Kadrni shakllantirish bosqichi. Ushbu bosqichda yuqori sath protokolidan olingan
axborot asosida kadrning tashkil etuvchi qismlarini to‘ldirish amalga oshiriladi. Olingan axborot
tarkibida
– ma’lumotlar yuborilayotgan va yuborayotgan kompьyuterlarning adreslari,
foydalanuvchining ma’lumotlari va yuqori sath protokolining belgilari kiradi. Kadr shakllantirilib
bo‘lingandan so‘ng, MAS sathi kadrning nazorat qilish summasini hisoblab chiqaradi va u uchun kadr
tarkibida ajratilgan o‘rniga joylashtiradi.
2-bosqich. Muhit orqali kadrni uzatish bosqichi. Kadr shakllantirilib uzatish muhitiga ulanish
uchun ruxsat olingandan so‘ng, MAS sathi kadrni fizik sathga uzatadi. Fizik sath kadrning qismlarini
bitma-bit ma’lumotlarni uzatish muhiti orqali uzata boshlaydi. Fizik sath vazifalarini tarmoq adapteri
bajaradi. U kadrning baytlarini ketma-ket uzatiladigan bitlarga aylantiradi va ularga mos elektr yoki
optik signallar yordamida kodlaydi. Uzatilgan signallar muhit orqali qabul qiluvchi kompyuterning
tarmoq adapteriga kelib tushadi. Ushbu adapter esa, avvalgi jarayonga teskari bo‘lgan jarayonni
amalga oshiradi, ya’ni signallar kodlarini baytlarga aylantiradi.
3-bosqich. Kadrni qabul qilish bosqichi. Tarmoqqa ulangan har bir kompьyuterning MAC
sathi, unga kelib tushgan kadrdagi, ma’lumot yuborilgan kompьyuter adresi qismini tekshirib ko‘radi,
agar u o‘zining adresi bilan mos tushsa, kadrni ishlashni, ya’ni uni qabul qilib olishni davom ettiradi,
aks holda kadrni ishlash, ya’ni uni qabul qilish to‘xtatiladi. Kadr to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng,
uning nazorat qilish summasi hisoblanadi. Agar nazorat qilish summasi to‘g‘ri chiqsa, kadr MAC sathi
orqali, undan yuqorida joylashgan sathga uzatiladi. Agar nazorat qilish summasi to‘g‘ri chiqmasa,
ya’ni ma’lumot muhit orqali uzatilganda noto‘g‘ri etib kelgan bo‘lsa, kadr e’tiborga olinmaydi (tashlab
yuboriladi). Bunda ma’lumotlarni uzatish paytida xatolik sodir bo‘lgan bo‘ladi.
LLC sathi va uning vazifalari. LLC sathi ikkita vazifani bajaradi:
1.Kanal sathi bilan tarmoq sathi orasidagi interfeysni tashkil qilib berish.
2.So‘ralgan darajada ishonchlilik bilan kadrlarni manziliga etkazib berish.
LLC sathining interfeysni tashkil qilib berish vazifasi deganda – foydalanuvchining va xizmat
ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlarni, MAC va tarmoq sathlari o‘rtasida uzatib berish
tushuniladi. Ma’lumotlarni yuqoridan-pastga uzatishda LLC sathi tarmoq sathi protokolidan paketni
(IP paketni) qabul qilib oladi. Ushbu paketda foydalanuvchining ma’lumotlari yozilgan bo‘ladi.
Ma’lumotlarni pastdan-yuqoriga uzatishda esa LLC sathi, MAS sathidan tarmoq orqali kelgan
tarmoq sathi paketini qabul qilib oladi.
LLC sathining ikkinchi asosiy vazifasi – so‘ralgan darajadagi ishonchlilik bilan kadrlarni
manziliga etkazib berishdir. LLC protokoli kadrlarni etkazib berishning bir necha xil rejimlarini
ta’minlay oladi. Bu rejimlar kadrlarni uzatish davomida, ular yo‘qolib qolganda yoki xato uzatilganda
tiklash muolajalarining bor yoki yo‘qligi bilan bir-biridan farq qiladilar.
LLC sathi yuqori sath protokollariga uch xildagi transport xizmatini amalga oshirib berish
imkoniyatiga egadir:
1. LLC1 xizmati – ulanish hosil qilmas-dan turib ma’lumotlarni uzatuvchi xizmat. Ushbu
xizmat turida ma’lumotlarni etib borganligini tasdig‘ini olish amalga oshirilmaydi. LLC1 xizmati
foydalanuv-chiga ma’lumotlarni uzatishda kam xarajatlar talab qiladigan vositalarni qo‘llash
imkoniyatini beradi.
2. LLC2 xizmati – foydalanuvchiga har ma’lu-motlar blokini uzatishdan avval, mantiqiy
ulanishni imkonini beradigan xizmatdir. Agar talab qilinadigan bo‘lsa, ushbu ulanish chegarasida
53
xatoliklardan so‘ng ma’lumotlarni tiklash va bloklar oqimini tartibga solish muolajalari bajariladi.
Ma’lumotlarni ishonchli etkazib berishni ta’minlash uchun LLC2 protokoli surilib yuruvchi oraliq
algoritmdan foydalanadi.
3. LLC3 xizmati – ulanishni hosil qilmasdan turib ma’lumotlarni uzatuvchi xizmat. Ushbu
xizmat turida LLC1 xizmatidan farqli ravishda, ma’lumot-larni etib borganligini tasdig‘ini olish
amalga oshiriladi.
LLC sathining yuqorida keltirilgan uchta rejimining qaysi biridan foydalanish, yuqori sath
protokoli tomonidan qo‘yiladigan talablarga bog‘liqdir. LLC sathiga qaysi transport xizmatidan
foydalanish kerakligi haqidagi axborot, sathlar aro interfeys orqali apparat adresi va foydalanuvchining
ma’lumotlaridan iborat paket bilan birga uzatib beriladi. Masalan LLC sathidan yuqorida IP protokol
ishlayotgan bo‘lsa, u har doim LLC1 xizmatidan foydalanishni so‘raydi, negaki TCP/IP stekida
ma’lumot-larni ishonchli etkazib berish vazifasini TSR protokoli ta’minlab beradi.
3-rasm. Protokollarning tarmoq elementlari bo‘yicha taqsimlanishi.
4-rasm. LLC protokoli tomonidan kadrlarni demultiplekslash.
Dostları ilə paylaş: |