2-
MA’RUZA. TAQDIMOT YARATISHNING ZAMONAVIY VOSITALARI VA TA’LIM
JARAYONIDA QOʻLLANILISHI
Reja:
1.
Taqdimot mohiyati va turlari.
2.
Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ularning imkoniyatlari.
3.
Interfaol multimedia taqdimoti.
4.
Prezi dasturi imkoniyatlari. Prezi.com da ro‘yxatdan o‘tish.
Prezi dasturida yangi
taqdimot yaratish. Taqdimotga ob’yektlarni joylashtirish
5.
Taqdimot shablonini tanlash muloqot oynasi
6.
Prezi taqdimoti muharriri oynasi
7.
Taqdimotni saqlash muloqot oynasi
Kalit so’zlar:
Taqdimot, Prezi dasturi, ZUI, taqdimot, Prezi public, Prezi pro, Prezi enjoy,
canvas, maydon, New Prezi, shablon, elementlarni, sarlavha, matn, rasm, menyu, Frames and Arrows,
Insert, Theme, hujjatni saqlash.
Taqdimot
(inglizcha presentation so’zidan olingan) – audiovizual
vositalardan foydalanib
ko’rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan
kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o’zida mujassam etadi.
Odatda taqdimot
ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo’ladi.
Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo’lishi,
axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks etirilishi o’qituvchiga darsni tashkillashtirish va
faol bo’lishida ko’makchi vositasini o’taydi.
Multimediali taqdimot
– bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy
shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo’rligidagi
ovoz bilan
boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo’lishi
mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning
mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o’zgarishga
moyilligi va
foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Ma’lumki, inson ma’lumotning ko’p qismini ko’rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari
orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televidenieda undan samarali
foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining
bir vaqtda ishlashiga
yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish
etish orqali insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali
texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Multimediali taqdimot
ma’lumotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi.
Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini qiziqtirgan qismlaridan
foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim
etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn,
minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio
va video yozuvlar, animatsiya va uch
o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish xarajatlarining kamligini va
saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi.