U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Jamg‘arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Jamg‘arish
deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma 
kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zahiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishiga 
aytiladi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg‘arish bir-biridan 
farqlanadi. 
Jamg‘arilgan mablag‘larning moddiy ishlab chiqarish sohasining 
asosiy kapitallarini va aylanma mablag‘larini kengaytirishga ketadigan qismi 
ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish summasini hosil qiladi.
Ishlab chiqarish 
sohasidagi jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning muhim omilidir. 
Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish
(noishlab chiqarish jamg‘arishi) 
uy-joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, 
sport muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, 
rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi.
Noishlab chiqarish sohasini 
kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir. 
Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini 
belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. 
Jamg‘arish normasi bevosita 
jamg‘arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan 
aniqlanadi:
%
100
)
/
(


МD
JS
JN

bunda: JN - jamg‘arish normasi;
JS - jamg‘arish summasi;
MD - milliy daromad. 
Jamg‘arish normasining ham o‘z chegarasi bo‘lib, uni oshirish iqtisodiy 
jihatdan samarasiz bo‘lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi 
pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag‘lar hajmi bilan qurilish 
tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar etkazib berish imkoniyatlari, 
infratuzilmaning rivojlanishi o‘rtasida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Oqibatda 
iqtisodiy o‘sish pasayib ketish tamoyiliga ega bo‘ladi. 


160 
Shunday qilib, jamg‘arish hajmi iqtisodiy o‘sish sur’atlari va sifatiga faqat 
o‘zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib qolmaydi. Fan-texnika 
revolyusiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o‘ringa chiqadi. 
Jamg‘arish hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli 
milliy daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar, jamg‘arish miqdorini 
ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo‘llaniladigan resurslar massasi va 
ularning unumdorligidir. Jamg‘arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xom-
ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog‘liq. Mahsulot 
birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o‘sha miqdorida 
mahsulotlarni ko‘proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin