160
Shunday qilib, jamg‘arish hajmi iqtisodiy o‘sish sur’atlari va sifatiga faqat
o‘zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib qolmaydi. Fan-texnika
revolyusiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o‘ringa chiqadi.
Jamg‘arish hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli
milliy daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar, jamg‘arish miqdorini
ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo‘llaniladigan resurslar massasi va
ularning unumdorligidir. Jamg‘arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xom-
ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog‘liq. Mahsulot
birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o‘sha miqdorida
mahsulotlarni ko‘proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: