U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

foizning real stavkasi
hisoblanadi. 
Foiz stavkasi bu – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur 
bo‘lgan, band qilingan pul kapitaliga korxona to‘lashi lozim bo‘lgan pul 
miqdori hisoblanadi.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari 
boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi:
1) mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish 
xarajatlari;
2) tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori; 
3) texnologik o‘zgarishlar.
Shunga ham e’tibor qaratish lozimki, yalpi sarflar tarkibining investitsiya 
sarflariga oid qismi 
yalpi xususiy ichki investitsiyalar
deb yuritiladi. Shunga 
ko‘ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur. 
Yalpi investitsiyalar
joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni 
qoplashga mo‘ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital 
hajmiga har qanday sof qo‘shimchalardan iborat barcha investitsion 
tovarlarni ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.
Sof investitsiyalar
esa joriy yil 
davomida qo‘shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat.
Boshqacha aytsak, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya 
ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning 
o‘sishini ta’minlaydi.


163 
Yalpi investitsiyalar bilan amortizatsiya hajmi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiyot 
rivojlanish holatining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Quyidagi 5-chizmada yalpi va sof 
investitsiyalar hamda amortizatsiya nisbati o‘zgarishining o‘suvchi, turg‘un va 
qisqaruvchi iqtisodiyotlarga ta’sirini ko‘rishimiz mumkin. 
a) o’sib boruvchi iqtisodiyot 
 
Yalpi
invеstitsiyalar 
Yil
boshiga
YAMMning yillik hajmi
Yil oxiriga

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin