cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
173
2. Iqtisodiy o‘sishning omillari Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga
ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar
taklif omillari deb ham atalib,
iqtisodiyotning o‘sish layoqatini belgilab beradi:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali
iqtisodiy o‘sishni tavsiflash mumkin.
Ma’lumki, yalpi milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy
resurslar sarflarining funksiyasi hisoblanadi, ya’ni:
)
,
,
(
N K L f Y
,
bu yerda:
Y – yalpi milliy (ichki) mahsulot;
L – ishchi kuchi sarflari;
K – kapital sarflari;
N – tabiiy resurslar sarflari.
Bu funksional bog‘lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o‘sishni belgilab
beruvchi bir qator xususiy ko‘rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:
1)
mehnat unumdorligi (Y/L) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli
mehnat sarflariga nisbati;
2)
mehnat sig‘imi (L/Y) – jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab
chiqarish hajmiga nisbati;
3)
kapital samaradorligi (Y/K) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining
unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;
174
4)
kapital sig‘imi (K/Y) – kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish
hajmiga nisbati;
5)