4–chizma. Real mahsulot o‘sishini aniqlab beruvchi omillar.
Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud
bo‘ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar
natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda davlat tomonidan atrof-
muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va
sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi.
Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunday
tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat
unumdorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb
qilinadi.
3. Iqtisodiy o‘sish modellari
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning
kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli
iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga
ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy
muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab
chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
1. Band bo’lgan ishchilar soni
2. Ishlagan kishi-soatlarining
o’rtacha miqdori
1.
Tеxnika taraqqiyoti
2.
Kapital qo’yilmalar hajmi
3.
Ta’lim va malaka tayyorgarligi
4.
Rеsurslarni joylashtirish
samaradorligi
5.
Boshqa omillar
Mеhnat
sarflari
Mеhnat
unumdor-
ligi
Ishlab
chiqarishning
rеal hajmi
176
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi
noto‘g‘ri nazariy shartlarga asoslanadilar:
1)
mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan
yaratiladi;
2)
ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan
mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‘shadi.
Shunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan mahsulotga teng keluvchi
daromad ham oladi;
3)
mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar
o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud;
4)
ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular
o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati mavjud.
Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim
yo‘nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo‘l qo‘yadilar:
1)
ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular
qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha
ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki
o‘zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi
yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va o‘sgan
(ko‘paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar;
2)
ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o‘ynashini,
qolganlari esa passiv rol o‘ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs,
kapital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o‘zicha harakatga
kela olmasligi, irib-chirib o‘z joyida ham jismonan, ham qiymati yo‘q bo‘lib
ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million
yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning
bunga e’tibor bergisi kelmaydi.
Neoklassik model ko‘p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va
matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobb-
177
Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining o‘sishida ishlab chiqarish turli
omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
L
AK
Y
,
bu yerda:
Y – ishlab chiqarish hajmi;
K – kapital sarflari;
L – ishchi kuchi sarflari;
A,
,
- ishlab chiqarish funksiyasining koeffitsientlari:
A – mutanosiblik koeffitsienti;
va
- ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari bo‘yicha
elastiklik koeffitsienti.
Elastiklik koeffitsienti bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi natijasida
boshqa bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi darajasini ifodalaydi. Shunga ko‘ra,
koeffitsienti kapital sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha
foizga o‘sishini,
koeffitsienti esa ishchi kuchi sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab
chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi.
va
ning yig‘indisi ishchi
kuchi va kapital sarflarining bir vaqtning o‘zida 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish
hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi.
Ch.Kobb va P.Duglas o‘z tadqiqotlarida AQSH qayta ishlash sanoatining
1899-1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish
funksiyasining ko‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar:
75
,
0
25
,
0
01
,
1
L
K
Y
.
Bu ko‘rsatkichlar shuni anglatadiki, o‘sha davrda AQSH qayta ishlash
sanoatida kapital sarflarining 1%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25%ga,
ishchi kuchi sarflarining 1%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga
oshishiga olib kelar ekan.
Keyinchalik Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiyasini golland
iqtisodchisi YAn Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil – texnika
178
taraqqiyoti ko‘rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funksiyasi formulasi
quyidagi ko‘rinishni oldi:
rt
e
L
AK
Y
1
,
bu yerda: e
rt
– vaqt omili.
Ishlab chiqarish funksiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat
miqdor, balki «texnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg‘unlashuvchi sifat
o‘zgarishlari – ishchi kuchi malakasining o‘sishi, innovatsiya jarayonlarining
kuchayishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida
ma’lumotlilik darajasining oshishi va boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi.
Iqtisodiy o‘sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning
keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondoshish natijasida
vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim
E.Domarning iqtisodiy o‘sish modellari e’tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala
modelning umumiy jihatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi:
1) ular neoklassik modellardan farqli o‘laroq bir omilli model hisoblanadi.
Ya’ni bu modellarda milliy daromadning o‘sishi faqat kapital jamg‘arishning
funksiyasi hisoblanib, kapital samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishchi kuchi
bandligining oshishi, FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining o‘sishi, ishlab
chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar nazardan
chetda qoldiriladi; 2) ishlab chiqarishning kapital sig‘imi ishlab chiqarish omillari
narxlarining nisbatiga bog‘liq bo‘lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari
orqali aniqlanadi.
Neokeynscha modelda investitsiyalarning o‘sishi iqtisodiy o‘sish va uning
sur’atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy daromadning
o‘sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quvvatlarini
kengaytiradi. O‘z navbatida daromadning o‘sishi bandlikning oshishiga imkon
yaratadi. Investitsiya hajmining ko‘payishi natijasida kengaygan ishlab chiqarish
quvvatlari daromadning o‘sishi orqali to‘liq ishga tushirilishi lozim.
Shunga ko‘ra, E.Domarning modelida quyidagi tenglik orqali muvozanatning
ta’minlanishi shart qilib qo‘yiladi:
|