181
Jami:
xara-jat-
lar
bo‘yicha
YAIM
Y
1
Y
2
Y
n
I + III
II kvadrantda – C. Sh – (shaxsiy iste’mol); I – (investitsiyalar); G – (davlat xaridi); X (eksport).
III kvadrantda – W – ish haqi; P – foyda; M – import.
V.Leontev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – ishlab chiqarish»
usulida eng
avvalo e’tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar
o‘rtasidagi bu aloqalar texnologik koeffitsientlar (I kvadrantdagi a
11
, a
12
, a
13
va h.k.
belgilar) orqali o‘rnatiladi.
Tarmoqlararo balans jadvali to‘rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga
mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi
kvadrantga shaxsiy iste’mol, jamg‘arish, davlat xaridi va eksport sifatida
foydalaniluvchi pirovard mahsulot ko‘rsatkichlari joylashtirilgan.
Uchinchi
kvadrantdan qo‘shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import ko‘rsatkichlari
o‘rin olgan. To‘rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash
ko‘rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo‘ylab
xarajatlarni, ya’ni har bir tarmoq bo‘yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi
unsurlarni, satrlar bo‘yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog‘i mahsulotini
taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.
Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi
pirovard talab yoki ishlab
chiqarish sharoitidagi o‘zgarishlar boshqa barcha o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning
miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali o‘rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo‘lgan
ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasidagi har qanday o‘zgarishlar
muvozanatlashgan narxlar tarkibini o‘zgartirib, texnologik koeffitsientlarning ham
o‘zgarishiga olib kelishini anglatadi.
«Xarajatlar – ishlab chiqarish» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot
turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganishga, balki mamlakat
iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o‘zgarishi va
iqtisodiy o‘sish sur’atlarini bashoratlashga imkon yaratadi.
182
Iqtisodiy o‘sish modellari to‘g‘risida so‘z yuritiganda «nol
darajadagi
iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya
tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sish atrof-muhitning
ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi,
shahar qiyofasining
yomonlashuvi va boshka shu kabi ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi
mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko‘payib borishi, ishlab chiqarish
mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning
kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‘sish chegaralarini cheklab qo‘yadi. Buning
oqibatida ocharchilik,
atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro‘y berib,
tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi.
Shunga ko‘ra, «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy
o‘sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb
hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o‘sish tovar va xizmatlar hajmining ko‘payishini
ta’minlashini tan olsalarda, bu o‘sish bir vaqtning o‘zida
turmush darajasining
yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar.
O‘z navbatida, mazkur konsepsiya muholiflari iqtisodiy o‘sishning yuqori
darajasini yoqlab, uning o‘zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o‘rtasidagi
ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o‘sish
sharoitida jamiyatning
ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini
ko‘rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o‘sish oqibati bo‘lmay, u
tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto‘g‘riligidan
kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy
resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish,
ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.
Dostları ilə paylaş: