cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
tabiiy resurslar samaradorligi (Y/N) – mahsulot ishlab chiqarish
hajmining unga sarflangan tabiiy resurslar xarajatlariga nisbati;
6)
mahsulotning resurslar sig‘imi (N/Y) – tabiiy resurslar sarfining
mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
7)
ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K/L) – ishlab
chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan kapital hajmining ishchi kuchi miqdoriga
nisbati.
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlardan
tashqari yana
keyingi qo‘shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi ko‘rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko‘rsatkichlar, boshqa omillar
sarfi o‘zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qo‘shimcha o‘sishi
ta’sirida mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo‘shimcha o‘sishi hajmini belgilab
beradi:
1)
keyingi qo‘shilgan mehnat unumdorligi (∆Y/∆L);
2)
keyingi qo‘shilgan kapital unumdorligi (∆Y/∆K);
3)
keyingi qo‘shilgan tabiiy resurslar unumdorligi (∆Y/∆N).
Bu ko‘rsatkichlar yalpi mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining o‘sishida
har bir omilning hissasini namoyon etib, u quyidagicha aniqlanadi:
N N Y K K Y L L Y Y )
/
(
)
/
(
)
/
(
.
Iqtisodiy o‘sishga
taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish
calohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy
jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur.
Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli
mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo‘ladi.
Real mahsulot ikki asosiy usulda ko‘paytirilishi mumkin (4-chizma):
1) resurslarning ko‘proq hajmini jalb etilishi;
2) ulardan ancha unumli foydalanish yo‘li bilan.