171
nisbatan o‘sdi. Bu o‘sish o‘z navbatida milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari egri
chizig‘ining ham kengayishiga olib keladi (2-chizma).
Investitsiya
tovarlari
0 Y
2000
Y
2018
Iste’mol
tovarlari
2-chizma. Iqtisodiy o‘sish natijasida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish
imkoniyatlarining kengayishi.
Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiy o‘sish natijasida ishlab chiqarilgan ijtimoiy
mahsulot miqdori ortadi, bu esa aholi turmush farovonligini oshishiga olib keladi.
Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlarni yanada to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishning ahamiyati to‘g‘risida gapirilganda uning darajasini ham
e’tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ahamiyatlilik darajasi turli
mamlakatlar real YAIMning hajmidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Real YAIM
hajmi nisbatan kichik bo‘lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy
o‘sish sur’ati me’yordagi holat sanalishi, real YAIM hajmi juda katta bo‘lgan
mamlakatlar uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati esa ahamiyatli
ko‘rsatkich hisoblanishi mumkin.
Ijtimoiy mahsulotning o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari
miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki
intensiv turlarini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: