156
S
S=S(Y)
E
0
B E
2
0
Y
1
Y
2-chizma. Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri.
Chizmadan ko‘rinadiki, jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri iste’mol
funksiyasi tasvirining aksi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu grafikda ham V nuqta 0
darajadagi jamg‘arishni, 0Y yotiq chizig‘ining 0 darajadan
pastki qismi manfiy
jamg‘arishni, yuqori qismi esa ijobiy (musbat) jamg‘arishni anglatadi. E
0
E
2
kesma
sof daromadning Y
1
darajasidagi jamg‘arma miqdorini ko‘rsatadi.
Iste’mol va jamg‘arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator ob’ektiv
va sub’ektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ob’ektiv omillar alohida iste’molchining
ixtiyoriga, idrokiga bog‘liq bo‘lmagan omillardan iborat bo‘lib, ulardan asosiylari
sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- barcha xo‘jaliklar tomonidan jamg‘arilgan mol-mulk darajasi;
- narxlar darajasi;
- real
foiz stavkalari;
- iste’molchining qarzdorligi darajasi;
- iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi.
Sub’ektiv omillar asosan iste’molchining o‘ziga, uning ruhiyati va bozordagi
hatti-harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar qatoriga iste’mol va jamg‘arishga
bo‘lgan moyillik,
kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi
darajasining o‘zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin.
Sub’ektiv omillar ta’sirida iste’mol va jamg‘arma darajasining o‘zgarishini
shartli ma’lumotlar asosida tuzilgan quyidagi jadval orqali ko‘rib chiqamiz.