U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Aholi o‘z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) iste’mol hamda kelgusidagi 
iste’mol hajmini oshirish o‘rtasida tanlovni amalga oshiradi.
Kelgusida iste’mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg‘armaga 
ham bog‘liq bo‘ladi. 
Jamg‘arma
– bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy 
daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish 
maqsadlarida to‘planib borishi.
Uning hajmi barcha xo‘jaliklar daromadidan 
iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida 
iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam 
bo‘ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag‘larning iste’mol 
buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo‘naltirilishini 
bildiradi. Shunga ko‘ra, jamg‘arma – bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni 
anglatadi. Shu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg‘arma joriy 
iste’molning chegirilgan qismidir, chunki jamg‘arma aholi va korxonalar ixtiyordagi 
daromadning iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi: 
S
C
Y



bu yerda: 
Y – barcha xo‘jaliklar ixtiyoridagi daromad;
C – iste’mol miqdori; 
S – jamg‘arma miqdori.
 
Shu sababli daromad tarkibidagi iste’mol sarflari va jamg‘arma nisbatining 
o‘zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Birinchidan,
daromadlarning qandaydir qismini jamg‘armaga qo‘yish 
oqibatida u tovarlarda bo‘lgan talabda o‘z aksini topmaydi. Jamg‘arma, yuqorida 


153 
ta’kidlanganidek, daromadlarning ma’lum bir qismini iste’mol qilishdan chegirib 
qo‘yishni bildirib, natijada iste’mol sarflari hajmi barcha ishlab chiqarilgan 
mahsulot va xizmatlarni sotib olish uchun etarli bo‘lmay qoladi. Aholi
daromadining jamg‘arilgan qismi o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. 
Buning natijasida sotilmay qolgan tovarlarning ko‘payishi, ishlab chiqarishning 
qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi ro‘y berishi mumkin. 
Ikkinchidan,
jamg‘arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham 
mumkin, chunki jamg‘arilgan mablag‘lar tadbirkorlar tomonidan investitsion 
maqsadlarda ishlatiladi. Bu jamg‘arma keltirib chiqaradigan iste’mol sarflaridagi 
har qanday etishmaslikni to‘ldiradi.
Uchinchidan,
korxonalar ham o‘zining barcha mahsulotini pirovard 
iste’molchilarga sotishni ko‘zda tutmaydi, balki uning bir qismidan o‘z ishlab 
chiqarishida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining 
jamg‘armalariga teng miqdordagi mablag‘larni investitsiyalarga qo‘yishni ko‘zda 
tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo‘lib qoladi. 
Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin