U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

milliy 
daromad
hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham mavjud 
bo‘ladi. Shu sababli soliqlar to‘langandan keyin 
aholi qo‘lida qoladigan daromad
iste’mol sarflari va shaxsiy jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Iste’mol va 
shaxsiy jamg‘armaning darajasi bevosita soliqlar to‘langandan keyingi qolgan 
daromad bilan aniqlanadi. Bu daromadni biz tahlil chog‘ida 
ixtiyordagi
yoki 
sof 
daromad
deb ataymiz.
 
Demak bu daromad iste’molning ham, jamg‘armaning ham 
umumiy 
omili 
hisoblanadi. 
Chunki 
jamg‘arma daromadning iste’mol 
qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy 
jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy 
iste’mol miqdori va soliqlar to‘langandan keyingi daromad o‘rtasidagi farq shu 
yildagi jamg‘arma miqdorini aniqlaydi. 
Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omilar 
o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyiladi.
Bu 
funksiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai 


154 
nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, kishilar o‘z 
mablag‘larini qo‘shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg‘armaga yo‘naltirishga 
harakat qiladilar. Shunga ko‘ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori 
bo‘lsa, ularning jamg‘armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo‘ladi, ya’ni 
jamg‘arma real foiz stavkasining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Aholi 
daromadlari iste’mol va jamg‘arma mablag‘larining yig‘indisidan iborat ekan, real 
foiz stavkasining o‘sishi bilan iste’mol kamayib, pasayishi bilan esa ko‘payib 
boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra iste’mol 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin