U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Iste’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish 
natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayoni. 
SHaxsiy iste’mol – iste’molchilik tavsifidagi ne’matlar va xizmatlardan 
bevosita foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishi.
Unumli iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va 
ishchi kuchidan foydalanish.
Iste’mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar 
uchun ishlatiladigan qismi. 
Jamg‘arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining 
kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘planib 
borilishi. 
Iste’molga o‘rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan 
ulushi. 
Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg‘arishga 
ketadigan ulushi. 
Iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik – daromad hajmining o‘zgarishi 
natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarishi darajasi. 
Jamg‘arishga keyingi qo‘shilgan moyillik – daromad hajmining o‘zgarishi 
natijasida jamg‘arish hajmining o‘zgarishi darajasi. 


168 
Iqtisodiy jamg‘arish – milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma 
kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko‘paytirish uchun foydalanish. 
Jamg‘arish normasi – jamg‘arish summasining milliy daromadga nisbatining 
foizdagi ifodasi. 
Investitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish sohalarini 
kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo‘yilma.
Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda) o‘sgan qismining 
investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha 
ta’riflang.
2. Iste’mol va jamg‘armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab 
ko‘rsating.
3. Iste’mol va jamg‘arma funksiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga 
shartli raqamlar qo‘llagan holda tushuntiring.
4. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg‘arma nima va ularning grafikdagi 
joylashishi qanday bo‘ladi? 
5. Jamg‘arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir 
ko‘rsatadi? 
6. Iste’molga va jamg‘armaga o‘rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz? 
Iste’mol va jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik qanday aniqlanadi? 
7. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? 
Ularning qisqacha tavsifini bering. 
8. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga 
ta’siri qanday?
9. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modelining 
mohiyatini tushuntirib bering. 
10. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha 
modelining mohiyatini hamda klassik modeldan farqini tushuntirib bering.


169 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin