245
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi.
Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
-
bevosita ta’sir qilish usullari;
-
bilvosita ta’sir qilish usullari;
-
tashqi iqtisodiy usullar.
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda davlatning
iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo‘lsa,
bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni
bilvosita tartibga
solish bilan bog‘langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning
davlat sektori
mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga
asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo‘l orqali shakllanadi:
1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog‘ozlar
bilan
tovon to‘lash orqali mulkni milliylashtirish;
2) davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit
tarmoqlarni barpo etish;
3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning
aksiyalarini sotib olish va
aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan
foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash,
ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa
ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir
qilish
tadbirlari kam samarali bo‘lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik
beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko‘rsatish mumkin:
a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari – transport, aloqa, atom va elektr
energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish.
Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o‘ziga
qarashli korxona va
tashkilotlar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi;
Dostları ilə paylaş: