243
Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga
iqtisodiy
siklni barqarorlashtirish; milliy xo‘jaliklarning tarmoq va mintaqaviy
tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash
kabilarni kiritish
mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning
quyidagi vazifalarida aniq namoyon bo‘ladi:
1) bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos
va ijtimoiy muhitni ta’minlash;
2) raqobatni himoya qilish;
3) daromad va boylikni qayta taqsimlash;
4) resurslarni qayta taqsimlash;
5) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy
tebranishlar vujudga
keltiradigan inflyasiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart-sharoiti
hisoblangan
Dostları ilə paylaş: