U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. 
Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang?
2. 
Davlat asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha 
tavsifini bering? 
3. 
Bozor iqtisodyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishning zarurligini nima taqozo qiladi?
4. 
Tartibga solish o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo‘yadi? 
5. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita 
usullariga tavsif bering.
6. 
Tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko‘rsating. 
7. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qanday rol 
o‘ynaydi?
8. 
Davlat iqtisodiy dasturlari qanday amalga oshiriladi? 


250 
17-BOB. 
HOZIRGI ZAMON BOZOR IQTISODIYOTIDA IJTIMOIY 
HIMOYA TIZIMI
Bob aholi daromadlarining iqtisodiy mazmuni, turlarini bayon qilish hamda 
uning darajasini belgilab beruvchi asosiy omillarni qisqacha tavsiflash bilan 
boshlanadi. Keyin bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligining asosiy 
sabablari ko‘rib chiqiladi. Daromadlar tengsizligi borasida bildirilgan fikrlar tahlil 
qilinib, tengsizlik va samaradorlik o‘rtasidagi nisbat ko‘rsatib beriladi. Bob 
kambag‘allik muammosi, aholi daromadlarining yetarli darajasini ta’minlash 
bo‘yicha davlat dasturlarini qarab chiqish bilan yakunlanadi. 
1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi
va uning ko‘rsatkichlari
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u 
serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning 
o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag‘larini, natural 
ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa 
tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha 
bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin