U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular 
tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. 
Aholi 
pul daromadlari
ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan 
daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan 
foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, 
ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini 
sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o‘z 
ichiga oladi. 
Natural daromad
mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z 
iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi. 


251 
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo‘lgan va 
real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. 
Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan 
daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori hisoblanadi. 
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg‘arma 
maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad nominal 
daromaddan soliqlar va majburiy to‘lov summasiga kam bo‘ladi. 
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining 
ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar 
miqdorini ko‘rsatadi, ya’ni daromadning xarid quvvatini bildiradi. 
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan 
asosiylari quyidagilar hisoblanadi: 
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad
b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul 
tushumlari; 
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari. 
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini 
ish haqi
tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari 
umumiy hajmining shakllanishida o‘zining yetakchi rolini saqlab qoladi. 
Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar 
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga oshiriladi 
va turli xil nafaqalar to‘lanadi. 
Aholining 
moliya-kredit 
tizimi 
orqali 
olinadigan 
pul 
daromadlari 
quyidagilardan iborat: davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; shaxsiy uy qurilishiga 
va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; jamg‘arma bankiga qo‘yilmalar 
bo‘yicha foizlar; aksiya, obligatsiya bahosining ko‘payishidan olinadigan daromad 
va zayom bo‘yicha to‘lovlar; lotereya bo‘yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib 
olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi 
kompensatsiya to‘lovlar va h.k. 


252 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin