305
Iqtisodiyot sub’ektlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi
to‘lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi.
Milliy valuta
qadrsizlanishining kutilishi chet el valutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni
rag‘batlantiradi. Bu Markaziy bankning milliy valuta qadrsizlanishining oldini
olishga qaratilgan harakatini
ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valuta
zahiralari bir vaqtda to‘lov balansining taqchilligini
moliyalashtirish va chet el
valutalariga o‘sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish uchun yetarli bo‘lmay
qoladi. Bunday holda valutalarning «xufyona bozori» vujudga kelib,
rivojlana
boshlaydi.
3. Valuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining
rivojlanishi
Xalqaro valuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi jarayon
bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan
bir qatorda valuta-moliya
sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday
tashkilotlar qatoriga Xalqaro valuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish
banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT),
Xalqaro
rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: