308
mamlakatlarning milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat yo‘nalishi
sifatida ko‘proq iqtisodiy maqsadlarning ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor
kuchaytirish zarur bo‘ladi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Xalqaro valuta tizimi – xalqaro valuta munosabatlarining
davlatlararo bitimlarda
huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valuta kursi – bir mamlakat valutasining boshqa mamlakat valutasida
ifodalangan bahosi.
To‘lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat)
va chet elliklar o‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida (odatda bir yilda) amalga
oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning
har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar
ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat
rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlar.
Absorbsiya - yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy xo‘jaliklari,
korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi.
Dostları ilə paylaş: