U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

II. Kapital harakati hisobi 
7. Kapital kirishi 
8. Kapital oqib chiqishi 
Kapital harakati balansi qoldig‘i 
Joriy operatsiyalar va kapital xarakati balansi qoldig‘i 
III. Rasmiy zahiralarning o‘zgarishi
Mamlakatning 
tashqi savdo balansi (to‘lov balansi)
mazkur davlatning chet 
ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning 
kredit-pul, valuta, byudjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat 
qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo‘lib xizmat qiladi. 
Joriy operatsiyalar hisobi o‘z ichiga tovar va xizmatlar eksporti («+» belgisi 
bilan), import («-» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad va sof 
transfertlarni oladi. Tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi farq 
savdo balansini
tashkil qiladi. 


303 
Tovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el valutalari 
zahiralarini vujudga keltiradi. Import esa («debet» grafasida «-» belgisi bilan) 
mamlakatdagi chet el valutalari zahirasini qisqartiradi. 
Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromadlar) kreditli 
xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo‘yilgan milliy 
pul kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo‘yilgan milliy kapital mazkur 
mamlakatga qo‘yilgan chet el kapitaliga qaraganda ko‘proq miqdorda foiz va 
dividend keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks 
holda esa salbiy bo‘ladi. 
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag‘larning boshqa mamlakatlarga 
o‘tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg‘a, chet elga pul o‘tkazishlar yoki 
chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to‘lovlar mamlakatda 
mavjud chet el valutalari zahirasini kamaytiradi. 
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig‘i quyidagicha 
ifodalanadi: 




X




(S+I+G) 
eksport
import 
sof eksport 
YAIM 
absorbsiya 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin