Asosiy tayanch tushunchalar Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat
bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun
kurashni anglatadi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat – ishlab chiqarish va sotishning qulayroq
sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari
o‘rtasida boruvchi kurash.
Tarmoqlararo raqobat – turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda
normasi olish uchun olib boriladigan kurash.
Narx – bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy
qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlar katta partiyalarda bir
yo‘la ko‘tarasiga sotilganda qo‘llaniluvchi narx.
Chakana narx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda qo‘llaniluvchi
narx.
Dotatsiyalashgan narx – davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan
narx.
Demping narx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib
chiqarish uchun foydalaniluvchi narx.
122
Nufuzli narx – aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan
tovarlarni sotishda qo‘llaniluvchi narx.
Narx diapazoni – narxlar oralig‘idagi farqning puldagi ifodasi.
Erkin narx – talab va taklif ta’sirida shakllanadigan bozor narxi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 1.
Raqobatning mohiyati va maqsadini tushuntirib bering.
2.
Raqobatning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Bu vazifalarning bir-
biridan farqini ajratib ko‘rsating.
3.
Raqobat shakllariga tushuncha bering va ularning har biriga xos belgilarini
ko‘rsating.
4.
Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib bering.
5.
Raqobatlashuvning demping narxlarni qo‘llash usuli qanday sharoitlarda
amalga oshiriladi?
6.
Raqobat muhitining shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
7.
Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering.
Narx asosiy turlarining qisqacha tavsifini bering.
8.
Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar mavjud? Ularning
afzallik va kamchilik tomonlarini ko‘rsatib bering.
9.
Narx siyosati nima? O‘zbekistonda narx siyosati amalga oshirilishining
qanday xususiyatlari mavjud?