U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Raqobat vositasi vazifasi.
Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi 
hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z raqiblarini engish uchun narxni pasaytirish 
usulidan foydalanishlari mumkin. Demak, narxni o‘zgartirib turish usuli raqobatda 
keng qo‘llaniladi. 
5.
Ijtimoiy himoya vazifasi.
Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim 
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi 
tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalashgan narxlar bo‘yicha sotilganda bajariladi. 
Bunda ular davlat byudjeti va turli hayriya mablag‘lari hisobiga moliyaviy 
ta’minlanadi.
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish 
sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi 
darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruriyatini tug‘diradi. 
Iqtisodiyotda 
amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi.
Narxlar 
tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.
Ulgurji narxlar.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar 
bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda ulgurji narxlardan foydalaniladi. Ulgurji narxlar 
ishlab chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi 
hamda ularning ma’lum miqdorda foyda ko‘rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji 
narxlar tovar birjalari va savdo uylarida ham qo‘llaniladi. 
Shartnoma narxlar.
Bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, 
ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxlardir. Shartnoma narxlar 
odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o‘zgarmaydi. Mazkur narxlar 


118 
ham milliy va ham xalqaro bozorda qo‘llaniladi. U xalqaro bozorda qo‘llanilganda 
tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin