Chakana narxlar. Bu narxlarda tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladi.
Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari
va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo‘lgan talab va
taklifni bog‘lovchi rolini o‘ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past
bo‘lishi mumkin.
Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chegaralangan (limitlangan) va
dotatsiyali narxlarni vujudga keltiradi. Ch
egaralangan narxlarda davlat
narxlarning yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada o‘zgarishi
mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflyasiyani jilovlaydi, narxlarni
nazorat qiladi.
Dotatsiyalangan narx – bu davlat byudjeti hisobidan maxsus
arzonlashtirilgan narxlardir. Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, beva-
bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada
ta’minlab turishda foydalaniladi.
Demping narx. Bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib
chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki
bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir
qismidan kechib yuboriladi.
Sotish hajmini o‘zgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar
nufuzli narxdan foydalanadi. Bu narxni qo‘llash uchun bozorda raqobat
cheklangan bo‘lib, monopol vaziyat mavjud bo‘lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab
narxga bog‘liq bo‘lmaydi, shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar sotilishini keskin
kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid
qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala
hovliga ega bo‘lish, mashhur kurortlarda dam olish, oxirgi nusxadagi kiyimlar
kiyish, yangi modeldagi avtomashinada yurish — martabali yoki obro‘talab
iste’mol hisoblanadi. Martabali iste’mol nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi. Ular
odatdagi narxlardan ancha yuqori bo‘ladi. Nufuzli narxlarni qo‘llashda tovarlarni
119
ishlab chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning o‘zgarishi
va bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, ma’lum
davrgacha o‘zgarmaydigan