3
KIRISH
Boshqalarni o‘qitib, o‘zimiz ham
o‘rganamiz.
Seneka
Bozor iqtisodiyotining barpo bo‘lishi va rivojlanishi hamda iqtiso-
diyotni modernizatsiyalash buxgalteriya hisobining qo‘llanilish chegara-
larini kengaytirmoqda. Chunki yangi hisob obyektlari va buning natijasi
sifatida hisob axborotlaridan yangi foydalanuvchilar paydo bo‘ladi.
Shuning uchun buxgalteriya hisobi oldida
uni yangi sharoitlarga mos-
lashtirish bo‘yicha vazifalar paydo bo‘lmoqda. Hisob axborotlari hajmi-
ning doimiy o‘sib borishi, uning sifatiga zarar yetkazmasdan, buxgalte-
riya hisobi shakllari va uslublarini yanada takomillashtirib borishni,
EHM yordamida dastlabki hisob axborotlarini ro‘yxatga olish va ishlov
berish vaqtini qisqartirishni taqozo etmoqda.
Bozor munosabatlari rivojlanishi natijasida boshqaruvning axborot
tizimi rivojlanmoqda. Uning asosini buxgalteriya hisobining axborot
tizimi tashkil etadi. Bu axborot tizimining ajralib turuvchi belgilari: to‘-
liqlik, hujjat bilan asoslanganlik, pul o‘lchovining qo‘llanilishi va bosh-
qalar bo‘lib, hisob axborotlarini o‘zgartirish va boshqaruv apparatiga
hamda har qanday darajadagi tashqi axborotdan
foydalanuvchilarga
yetkazish va umumlashtirishga imkon beradi. Shu bilan birga ular
xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida aniq
tasavvurga ega bo‘ladilar.
Buxgalteriya hisobi nazariyasi bizni o‘rab turgan moddiy dunyo-
ning rivojlanish dialektikasiga, amaldagi iqtisodiy qonunlar va kategori-
yalarga, qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga tayangan holda buxgalte-
riya hisobining
asosiy tamoyillarini, uning uslubiyatini tashkil etuvchi
usullarini hozirgi zamon boshqaruv talablariga mos ravishda o‘rganadi.
Buxgalteriya hisobini ilmiy asoslangan uslubiyat, ilg‘or chet el va
mamlakatimiz tajribasini umumlashtirish hamda boshqaruv sohasidagi
zamonaviy talablar negizida tashkil etish amaliyoti manfaatdor axbo-
rotdan foydalanuvchilarga har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlarni taqdim etish
imkonini beradi.
Mazkur fanni o‘rganish
jarayonida talaba avvalo, buxgalteriya
hisobi uslubini mushohada qilishi va aqliy tafakkurdan o‘tkazishi lozim.
Faqat shundagina uning mohiyatini o‘zlashtiradi va moliya-xo‘jalik ho-
disalarini o‘rganishning deduktiv usulini tashkil etuvchi keyingi bosqichga
o‘tadi.
4
Aziz o‘quvchim!
Buxgalteriya hisobining nazariyasini o‘rganish
bilan birga bu kasbning axloqiy (etika) masalalarini ham bilishingiz
zarur.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, buxgalterlik judayam qadimiy
va murakkab kasb, ammo uni egallash uchun tarixiy manbalar (qo‘lyoz-
malar)ni titkilash emas, balki o‘z
ustingizda muntazam ishlash, amali-
yotda bevosita shu kasb bilan shug‘ullanish, hujjatlar bilan ishlash
kerak. Ba’zi bitiruvchilar bu kasb bo‘yicha oliy ma’lumotga ega
bo‘lganidan so‘ng amaliyotda ishlashga jur’at qila olmaydi,
nazariyani
mukammal o‘rganmagan ikkinchi bir toifalari esa amaliyotda biron-bir
«oraliq ish»
ni yoki ishning
«bir bo‘lagi»
ni o‘rganib olib, ularni nazariya
bilan bog‘lay olmasdan, ya’ni buxgalterlik kasbini bir butun yaxlit tizim
sifatida tushunib yetmasdan,
«nazariya boshqa, amaliyot boshqa»
(yoki
«o‘qish boshqa, ish boshqa ekan»
) qabilidagi siyqasi chiqqan
«qoida»
ni
takrorlab yuradilar. Faqat nazariya bilan shug‘ullanib, kitobiy ilmda
ma’lum darajaga erishgan uchinchi bir toifa kishilar amaliyotda oddiy
hisobchilikni ham bajara olmasligi mumkin. Darhaqiqat,
«kitobiy olimlik
ziynat, ammo u poydevor emas»
1
(
Mishel de Monten
). Shuning uchun
haqiqiy malakali buxgalter darajasiga yetishish buxgalteriya hisobining
nazariyasini ham, uslubiyatini ham,
amaliyotini ham mukammal va
o‘zaro bog‘liqlikda bilishni taqozo etadi.
Kitobning annotatsiyasi va muqaddimasini o‘qishingizning
o‘zidayoq, Sizga oldin tanish bo‘lmagan, eshitgan bo‘lsangizda iqtisdoiy
mohiyati murakkab tuyilgan tushunchalarga duch keldingiz. Jumladan,
«aktivlar », «baholash», «kalkulatsiyalash», «inventarizatsiya», «hisob
registrlari va shakllari», «hisob siyosati», «milliy va xalqaro standartlar»
va h. Buxgalteriya hisobiga oid ushbu va boshqa tushunchalar kundalik
hayotda quloqqa chalinshi, mazmun-mohiyatiga tushunib yetmasdan
ishlatilishi mumkin.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi sohasida maxsus
bilim va malakaga ega bo‘lmagan odamlar tomonidan to‘liq ilmiy-
uslubiy asossiz, g‘aliz va hatto noto‘g‘ri izohlanishi ham mumkin. Bu
kabi tushunchalar buxgalterlik ilmining tarixiy taraqqiyoti yo‘lida turli
mamlakatlarda va
turli davrlarda vujudga kelib, tadrijiy rivojlangan va
maxsus ta’riflash hamda tavfsiflashni talab etadi. Ularni so‘zma-so‘z
tarjima qilib, mohiyatini ochib bermaydigan so‘zlar bilan almashtirish
maqsadga muvofiq emas. Ta’bir joiz bo‘lsa,
«fanda shunday
tushunchalar borki, ularning soddalashtirib bo‘lmaydi, soddalashtirilsa
tushuntirib bo‘lmaydi».
2
Shu bois, kitobning tegishli boblarida dastavval
1
Dostları ilə paylaş: