R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

1-operatsiya.
Mol yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq 
50% bo‘nak o‘tkazildi. 
Dt 4310-«TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar
va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» schoti 30 600 
Kt 5110-«Hisob-kitob schoti» schoti
30 600 
2- operatsiya.
Mol yetkazib beruvchilardan quyidagi materiallar 
korxonaga keltirilgan, so‘m hisobida: 
«A» material – 20000 so‘m (1000 kg x 20 so‘m) 
«B» material – 40000 so‘m (1000 kg x 40 so‘m) . 
Jami 60000 so‘m 
Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish qiymati korxona 
hisobiga mol yetkazib beruvchilar tomonidan to‘langan. 1200 so‘m 
H a m m a s i : 61200 so‘m 
Materiallarning shartnoma narxlari bo‘yicha sotib olinishi 
dastavval 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schotining 
debetiga yoziladi. Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish uchun 
transport-tayyorlov xarajatlarining summasi ham ushbu schotga olib 
boriladi. Lekin ushbu summalar alohida kolonkalarda aks ettiriladi 
(1510-schot). Ushbu muomala bo‘yicha 6010-«Mol yetkazib beruvchilar 
va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti kreditlanadi. Chunki, bu 
schot passiv bo‘lib, sotib olingan materiallar uchun mol yetkazib 
beruvchilarga to‘lanadigan qarzlarning ko‘payishi uning kreditida aks 
ettiriladi. Shunday qilib, mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan 
qarzlarning umumiy summasi 61200 so‘mni tashkil etadi. 
Dt 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti
61200 so‘m. 
Kt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to‘lanadigan schotlar» schoti 
61200 so‘m. 
Ushbu muomalani rasmiylashtirishda 1510-«Materiallarni tayyor-
lash va xarid qilish» schotida sotib olingan materiallarning shartnoma 
narxlari bo‘yicha qiymati – 60000 so‘m va transport-tayyorlov 
xarajatlari – 1200 so‘m alohida aks ettiriladi.


276 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin