R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


-rasm.Ta’minot jarayoni hisobining umumiy chizmasi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

11.1-rasm.Ta’minot jarayoni hisobining umumiy chizmasi. 
Korxona tashkilot va muassasa zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, 
ya’ni asbob-uskuna, xomashyo va materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar 
va boshqa moddiy boyliklarni tuzilgan shartnomaga asosan mol yetkazib 
beruvchilardan oladi. Shartnomada muayyan moddiy boylikning nomi, 
miqdori, sifati, bahosi, to‘lov shartlari, assortimenti va qaysi oyda olib 
kelinishi ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Bundan tashqari, korxona o‘ziga kerakli imorat va inshootlarni 
qurdirishi yoki o‘z kuchi bilan qurishi ham mumkin. 
5110-«Hisob-kitob schoti»
D-t
K-t 
1010-«Xomashyo va materiallar»
D-t schoti К-t
1610-«Materiallar qiymatidagi 
farqlar» schoti
D-t К-t 
4310-«Mol yetkazib beruvchilar va 
pudratchilarga berilgan
D-t…….bo‘naklar»schoti……
К-t 
6010-«Mol yetkazib beruvchilar 
va pudratchilarga to‘lanadigan
D-t schotlar»schoti К-t 
1510-«Materiallarni 
tayyorlash va xarid qilish» 
D-t schoti К-t











279 
Buxgalteriya hisobining umumiy nazariyasi bo‘yicha yozilgan 
ba’zi adabiyotlarda ta’minot jarayonini hisobga olish tavsiflanganda 
asosiy vositalarni yoki nomoddiy aktivlarni sotib olish, shuningdek, 
ularning pudratchilar tomonidan yoki korxonaning o‘z kuchi bilan 
qurilishi masalalari nazarga olinmaydi. Bizning fikrimizcha, asosiy 
vositalarni sotib olish, qurish va montaj qilish ishlari ham materiallarni 
tayyorlash kabi ta’minot jarayoniga kiradi. Shuning uchun ham ta’minot 
jarayonini hisobga olish ta’riflanganda asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlar ta’minotini qo‘shib izohlash maqsadga muvofiqdir. 
Ta’minot jarayonini hisobga oluvchi schotlar korxonaning asosiy 
vositalar, nomoddiy aktivlar, xomashyo va materiallar, yoqilg‘i, qurilish 
materiallari va o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar bilan qay 
darajada ta’minlanganligi, sotib olingan, qurilgan, ishlab chiqarilgan 
mehnat qurollari va buyumlarining haqiqiy tannarxi haqida tegishli 
ma’lumotlar beradi va ular ustidan to‘la nazorat o‘rnatadi. 
Demak, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xomashyo va 
materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqa mehnat buyumlarining 
haqiqiy tannarxi mol yetkazib beruvchilarning schot-fakturasida 
ko‘rsatilgan qiymati, ta’minot tashkilotlariga to‘langan ustamalar, 
transportga yuklash va tushirish chiqimlari, tashib keltirish uchun 
transport tashkilotlariga to‘lovlar, mehnat buyumlarini tayyorlash bilan 
bog‘liq bo‘lgan xizmat safari chiqimlari, ularni tashib keltirish yo‘lidagi 
tabiiy kamayish va boshqa chiqimlardan tashkil topadi. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin