283
to‘lanadigan soliqlar bo‘yicha qarzlar ko‘payadi. Shuning uchun 6410-
«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» (soliq turlari bo‘yicha), 6450-
«Majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» (turlari bo‘yicha) schotlarning
kreditida ham aks ettiriladi.
Ish haqidan tashqari ijtimoiy sug‘urta fondi, bandlik fondi va
nafaqa fondlariga ham sarflangan ish haqi fondiga nisbatan belgilangan
foiz hisobida to‘lovlar hisoblanadi. Ushbu summalar tegishli hisob-
kitoblarga muvofiq ijtimoiy sug‘urta, bandlik xizmati va nafaqa fondi
tashkilotlariga 5110-«Hisob-kitob schoti»dan o‘tkaziladi. Ushbu
summalarni hisobga olish uchun 6510-«Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar»
6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schotlari yuritiladi.
Shuningdek
,
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish bilan
asosiy vositalarning eskirishini hisobga oladigan schotlar (0211-0299)
ham bog‘liq. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar eskiradi va
ularning qiymatlari eskirish hisoblash me’yorlariga muvofiq mahsu-
lot(ish, xizmat)lar tannarxiga bo‘laklab o‘tkaziladi. Asosiy vositalar bu
qismining puldagi ifodasi amortizatsiya deb ataladi. Amortizatsiya
ajratmalarining summasi mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shila-
digan ishlab chiqarish xarajatlarining turlaridan biri hisoblanadi.
Amortizatsiya summalarini hisoblash va mahsulot(ish, xizmat)lar
tannarxiga olib borish 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-
«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umumishlab chiqarish xarajat-
lari» va boshqa tegishli schotlarning debeti va asosiy vositalarning
eskirishi hisobga olinadigan kontr-aktiv schotlar (0211-0299) krediti
bo‘yicha aks ettiriladi.
Ishlab
chiqarishdan
olingan
mahsulotlar
2810-«Tayyor
mahsulotlar» schotining debetida hisobga olinadi. Tayyor mahsulotlar
bu schotga reja tannarxi bo‘yicha baholanib. 2010-«Asosiy ishlab
chiqarish» schotining kreditidan kirimga olinadi. Ularning haqiqiy
tannarxi oy oxirida hisoblanadi.
Yuqorida bayon qilingan umumiy qoidalar asosida ishlab chiqarish
jarayonini hisobga olishni quyidagi misollarda ko‘rib chiqamiz.
Materiallarni hisobdan chiqarish qismida ta’minot jarayonini hisobga
olish (11.1-paragraf) bo‘yicha birlamchi ma’lumotlardan foydalanamiz.
Dostları ilə paylaş: