R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

3-operatsiya.
Materiallarni temir yo‘l stansiyasidan korxona 
omboriga tashib keltirganligi uchun transport tashkilotiga 3000 so‘m 
hisoblandi. Ushbu summa transport-tayyorlov xarajatlarini aks ettiradi 
va olingan materiallarning haqiqiy tannarxiga qo‘shilishi lozim. Ushbu 
xarajatlarning ko‘payishi 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» 
schotining debetida ham yozilishi mumkin. Ushbu summaga 6010-«Mol 
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti 
kreditlanadi, chunki uning kreditida transport tashkilotiga bo‘lgan 
qarzning ko‘payishi aks ettiriladi. 
Dt 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti 3000 
so‘m 
Kt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar
va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti … … 3000 so‘m 
4- operatsiya.
Sotib olingan materiallar shartnoma bahosi bo‘yicha 
(60000 so‘m) omborga kirim qilindi. Ularning kirimi 1010-«Xomashyo 
va materiallar» aktiv schotining debetida aks ettiriladi. 1510-
«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti debetida avval aks 
ettirilgan faktura qiymati (60000 so‘m) uning krediti bo‘yicha hisobdan 
chiqariladi.
D-t 1010-«Xomashyo va materiallar» schoti
– 60000 so‘m. 
K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash va 
xarid qilish» schoti

60000 so‘m 
Muomalalarni sintetik schotlarda aks ettirish bilan bir vaqtning 
o‘zida «A» va «B» materiallarni hisobga oladigan analitik schotlarda 
ham ularning ulgurji baholari bo‘yicha, ya’ni «A» material – 20000 
so‘m va «B» material 40000 so‘m aks ettiriladi. 
5-operatsiya..
Mol yetkazib beruvchilardan olingan materiallar 
bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlariga to‘g‘ri keladigan farq summa 
(4200 so‘m) aniqlandi (2-muomala bo‘yicha 1200 so‘m + 3-muomala 
bo‘yicha 3000 so‘m). Ushbu summa 1510-«Materiallarni tayyorlash va 
xarid qilish» schotining debet oboroti (64200 so‘m) va kredit 
oboroti(60000 so‘m)ni solishtirish natijasida aniqlanadi. Mazkur schotni 
yopishda farq summa (4200 so‘m) 1610-«Materiallar qiymatidagi 
farqlar» schotining debetiga olib boriladi, ya’ni: 


277 
D-t 1610-«Materiallar qiymatidagi
farqlar» schoti
4200 so‘m 
K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash 
va xarid qilish» schoti
4200 so‘m 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin