R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Buxgalteriya hisobining texnik ta’minoti



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

15.6. Buxgalteriya hisobining texnik ta’minoti 
 
Buxgalteriya hisobining maqsadini muvafaqqiyatli amalga oshirishning 
muhim shartlaridan biri hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya 
hisobining texnik jihatlarini ilmiy asoslangan holda tashkil etish hisoblanadi. 
Xorijiy, MDH mamlakatlari va Respublikamizda chop etilgan sohaga 
oid ilmiy va o‘quv uslubiy adabiyotlar hamda me’yoriy hujjatlarda ko‘pincha 
«hisob texnikasi», «buxgalteriya hisobi texnikasi», «hisobda qayd etish 
texnikasi», «hisob yuritish texnikasi» kabi atamalar uchraydi. Bu atamalar 
buxgalteriya hisobining analitik va sintetik hisob registrlarida xo‘jalik 
operatsiyalarini yozish (qo‘lda bajariladigan yoki avtomatlashtirilgan hisob 
sharoitida), ularda oborot va qoldiqlar chiqarish kabi amallarni bildiradi. 


407 
Buxgalteriya hisobini tashkil etishdan to yuritish va hisobot tuzish 
hamda taqdim etishga qadar barcha ishlarni mavjud shart-sharoitlardan kelib 
chiqqan holda moddiy-texnik ta’minlash - 
hisob siyosatining texnik 
ta’minoti
deb ataladi. 
Hisob siyosatining texnik ta’minoti buxgalteriya hisobining uslubiy va 
tashkiliy jihatlarini zamon talablari darajasida amalga oshirishga 
yo‘naltirilgan tadbirlar tizimidir. 
Bunday tadbirlar tizimiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 

xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya 
hisobi namunaviy schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma 
asosida ishchi schotlar rejasini ishlab chiqish; 

dastlabki 
hujjatlar 
va 
ularni 
rasmiylashtirish 
qoidalari 
(buxgalteriyaning har bir bo‘limi bo‘yicha, masalan, ish haqi hisobi, 
materiallar hisobi va h.k); 

sintetik va analitik hisob registrlarining korxona sharoitiga mos 
namunaviy shakllarini tanlash va (yoki) ishlab chiqish; 

zamonaviy EHM, axborot texnologiyalari, dastur ta’minoti va shu 
kabilar negizida buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish; 

sintetik va analitik hisob obyektlari bo‘yicha tasniflagich 
(kodifikator)lar tuzish; 

biznesni boshqarishning zamon talablariga javob beradigan malakali 
buxgalterlar bilan ta’minlash; 

hisob jarayonlarini optimallashtirishga doir tashkiliy-texnik va 
sanitariya-gigiyena tadbirlari; 

ichki nazorat tizimini tashkil etish; 

hisob 
xodimlari 
jamoasida 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlari 
madaniyati va mehnat taqsimotini tashkil etish; 

hisobot tuzish va taqdim etishni tashkil etish (15.7- rasm). 
Hisob siyosatining texnik ta’minotini shakllantiradigan tadbirlar 
tizimidagi talablarning barchasi muhim hisoblanib, sanitariya-gigiyena 
masallari va malakali buxgalterlar bilan ta’minlash va buxgalteriya apparati 
xodimlari orasidagi muhit sog‘lomligi birinchi omil hisoblanadi. Bu ko‘p 
jihatdan korxona rahbariyatining malakali kadrlarga munosabati va 
tashkilotchilik layoqatiga bog‘liq. Hisob siyosatini shakllantirishda 
buxgalteriya hisobining texnik ta’minotida ishchi schotlar rejasini tuzish va 
hisob registrlarini ularga mos ravishda tanlash muhim o‘rin tutadi.
Avtomatlashtirilgan 
hujjatlar 
aylanishini 
tashkil 
etish 
tizimi 
belgilangan darajada strategik boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, 


408 
barcha turdagi va shakllardagi, jumladan audio va videohujjatlarga ham 
ishlov berish imkoniyatini hamda boshqa quyi tizimlar bilan muvofiqlikni 
ta’minlaydi. Mazkur hujjatlar aylanishining afzalligi hujjatlar aylanishining 
ko‘p pog‘onali ierarxik tuzulmasini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Pirovard 
natijada, avtomatlashtirilgan hujjatlar aylanishini tashkil etishda bunday 
yondashuvlarni amalga oshirish – bu korxonada buxgalteriya hisobini yo‘lga 
qo‘yishning yangi sifat bosqichiga, natijada, samaraliroq boshqaruv 
darajasiga o‘tish demakdir. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin