407
Buxgalteriya hisobini tashkil etishdan to yuritish va hisobot tuzish
hamda taqdim etishga qadar barcha ishlarni mavjud shart-sharoitlardan kelib
chiqqan holda moddiy-texnik ta’minlash -
hisob siyosatining texnik
ta’minoti
deb ataladi.
Hisob siyosatining texnik ta’minoti buxgalteriya hisobining uslubiy va
tashkiliy jihatlarini zamon talablari darajasida amalga oshirishga
yo‘naltirilgan tadbirlar tizimidir.
Bunday tadbirlar tizimiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya
hisobi namunaviy schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
asosida ishchi schotlar rejasini ishlab chiqish;
dastlabki
hujjatlar
va
ularni
rasmiylashtirish
qoidalari
(buxgalteriyaning har bir bo‘limi bo‘yicha, masalan,
ish haqi hisobi,
materiallar hisobi va h.k);
sintetik va analitik hisob registrlarining korxona sharoitiga mos
namunaviy shakllarini tanlash va (yoki) ishlab chiqish;
zamonaviy EHM, axborot texnologiyalari, dastur ta’minoti va shu
kabilar negizida buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish;
sintetik va analitik hisob obyektlari bo‘yicha
tasniflagich
(kodifikator)lar tuzish;
biznesni boshqarishning zamon talablariga javob beradigan malakali
buxgalterlar bilan ta’minlash;
hisob jarayonlarini optimallashtirishga doir tashkiliy-texnik va
sanitariya-gigiyena tadbirlari;
ichki nazorat tizimini tashkil etish;
hisob
xodimlari
jamoasida
ishlab
chiqarish
munosabatlari
madaniyati va mehnat taqsimotini tashkil etish;
hisobot tuzish va taqdim etishni tashkil etish (15.7- rasm).
Hisob siyosatining texnik ta’minotini shakllantiradigan tadbirlar
tizimidagi talablarning barchasi muhim hisoblanib,
sanitariya-gigiyena
masallari va malakali buxgalterlar bilan ta’minlash va buxgalteriya apparati
xodimlari orasidagi muhit sog‘lomligi birinchi omil hisoblanadi. Bu ko‘p
jihatdan korxona rahbariyatining malakali kadrlarga munosabati va
tashkilotchilik layoqatiga bog‘liq. Hisob siyosatini shakllantirishda
buxgalteriya hisobining texnik ta’minotida ishchi schotlar rejasini tuzish va
hisob registrlarini ularga mos ravishda tanlash muhim o‘rin tutadi.
Avtomatlashtirilgan
hujjatlar
aylanishini
tashkil
etish
tizimi
belgilangan darajada strategik boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlaydi,
408
barcha turdagi va shakllardagi, jumladan audio
va videohujjatlarga ham
ishlov berish imkoniyatini hamda boshqa quyi tizimlar bilan muvofiqlikni
ta’minlaydi. Mazkur hujjatlar aylanishining afzalligi hujjatlar aylanishining
ko‘p pog‘onali ierarxik tuzulmasini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Pirovard
natijada, avtomatlashtirilgan hujjatlar aylanishini tashkil etishda bunday
yondashuvlarni amalga oshirish – bu korxonada buxgalteriya hisobini yo‘lga
qo‘yishning
yangi sifat bosqichiga, natijada, samaraliroq boshqaruv
darajasiga o‘tish demakdir.
Dostları ilə paylaş: