R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Buxgalteriya hisobini tashkil etishni



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə268/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

16.3. Buxgalteriya hisobini tashkil etishni
rejalashtirish tizimi 
 
Buxgalteriya hisobini oqilona tashkil etishni ta’minlashda rejalashtirish 
tizimi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, alohida ish turlari bo‘yicha rejalarni 
ishlab chiqish va bajarishni o‘z ichiga oladi (16.3-rasm).
16.3-rasm. Alohida ish turlari bo‘yicha rejalar. 
Hujjatlashtirish rejasida xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish bo‘yicha 
dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobi tuziladi. Bunda 
xo‘jalik yurituvchi subyekt dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllaridan 
13
Shu yerda
14
Shu yerda
Alohida hisob ishlari bo‘yicha rejalarning turlari 
Hujjatlashtirish rejasi va hujjatlar aylanishi 
grafigi 
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini 
tashkil etish rejasi 
Inventarizatsiya rejasi 
Bajariladigan hisob ishlarining 
individual grafigi 
Hisobni texnik rasmiylashtirish rejasi
Bajariladigan hisob ishlarining 
tuzilmaviy va yig‘ma grafigi 


420 
foydalanishi yoki o‘zi mustaqil ishlab chiqqan hujjat shakllarini qo‘llashi 
mumkin. 
Dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanganidan so‘ng 
ularni sotib olishga yoki bosmaxonada chop etishga buyurtma beriladi. 
Dastlabki hujjatlar blankalari bilan markazlashtirilgan holda ta’minlashda 
ularni olish uchun yuqori tashkilot tomonidan buyurtma beriladi.
Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ham, korxonada ishlab 
chiqilgan shakllari ham O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida»gi Qonunida ko‘zda tutilgan talablarga rioya qilgan holda 
tuziladi.
Dastlabki hujjatlarni tashkil etishning asosi korxona rahbari tomonidan 
tasdiqlangan hujjatlar aylanishi grafigi hisoblanadi. 
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida rejadagi va rejadan tashqari 
inventarizatsiyalarni o‘tkazish tartibi, shakllari va muddatlari ko‘rsa-tiladi. 
Inventarizatsiya rejasi aktivlar va majburiyatlarni tekshirish korxonaning 
normal ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydigan qilib tuzilishi lozim. Rejadan 
tashqari inventarizatsiya o‘tkazish muddatlari moddiy javobgar shaxslarga 
bildirilmasligi lozim. 
Hisobot taqdim etish rejasida quyidagilar ko‘rsatiladi: hisobot shakllari, 
u yoki bu hisobot tuzilishi lozim bo‘lgan hisobot davri, hisobotlarni 
topshirish muddatlari, korxona, tashkilot va muassasa nomi va manzili 
hamda hisobotni qabul qiluvchi mansabdor shaxs familiyasi va ismi-sharifi, 
hisobotlarni taqdim etish usuli (elektron, pochta va b.) va hisobotlarni tuzish 
uchun mas’ul shaxslarning familiyasi va ismi-sharifi, ular bajaradigan ishlar 
aniq ko‘rsatilgan holda. Hisobot taqdim etish rejasi qoidaga ko‘ra, ikki 
qismdan iborat. Birinchi qismda tashqi foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, 
ikkinchi qismda korxonaning alohida bo‘linmalaridan olinadigan hisobotlar 
bo‘yicha zarur ma’lumotlar keltiriladi.
Buxgalteriya hisobini texnik rasmiylashtirish rejasida mazkur 
korxonada qo‘llaniladigan hisob shaklining batafsil tavsifi keltirilib, 
korxonada qanday elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar va boshqa 
texnik vositalardan foydalanilishi ko‘rsatiladi. Buxgalteriya hisobining 
shaklini tanlashda mazkur masalaga oid yo‘riqnomalar va ko‘rsatma-lardan 
foydalanish, korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlarini hisobga olish, 
buxgalteriya hisobi amaldagi shakllarining afzalliklari va kamchiliklarini 
o‘rganish tavsiya etiladi. 
Buxgalteriya hisobini texnik jihozlash rejasida hisobni kompyu-
terlashtirish masalasiga alohida o‘rin ajratish lozim. Elektron hisoblash 
mashinalaridan foydalanish bilan birga, turli hisoblash jadvallari va mexanik 


421 
o‘lchagich vositalari (o‘lchagich idish, tarozi va h.k.)dan ham foydalanish 
zarur.
Buxgalteriya 
xodimlarining 
mehnatini 
tashkil 
etish 
rejasida 
buxgalteriya apparatining tuzilishi va shtat jadvali aniqlanib, har bir xodimga 
lavozim yo‘riqnomasi ishlab chiqiladi, ularning malakasini oshirish bo‘yicha 
tadbirlar belgilanadi, hisob ishlarining grafiklari tuziladi. 
Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar 
bilan 
aloqa 
qilish 
shakllarini 
aniqlashda 
buxgalteriya 
hisobini 
markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish 
to‘g‘risidagi masalani hal etish zarur.
Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobida korxonaning hisob apparati 
markaziy buxgalteriyada jamlanadi va unda alohida bo‘linmalar (bo‘lim, 
omborxona va h.k.)dan kelib tushuvchi dastlabki va yig‘ma hujjatlarga 
asosan sintetik va analitik hisob bitta joyda amalga oshiriladi. Korxona 
bo‘linmalarida esa faqat xo‘jalik operatsiyalari dastlabki hujjatlar bilan 
rasmiylashtiriladi.
Markazlashtirilmagan 
buxgalteriya 
hisobida 
hisob 
apparati 
korxonaning alohida bo‘linmalariga tarqatilib, u yerda sintetik va analitik 
hisob amalga oshiriladi hamda bo‘linma, bo‘lim va boshqa tarkibiy 
bo‘linmalarning balans va hisobotlari tuziladi. Bu holda markaziy 
buxgalteriya tarkibiy bo‘linmalarning balans va hisobotlarini umumlashtirib, 
butun korxona bo‘yicha yig‘ma balans va hisobotlarni tuzadi hamda tarkibiy 
bo‘linmalarda buxgalteriya hisobi va hisobotning yuritilishi ustidan nazoratni 
amalga oshiradi. 
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, buxgalteriya hisobini markazlashtirish 
bosh buxgalter tomonidan rahbarlik va nazorat qilishning ta’sirchanligini 
ta’minlaydi, hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini maqsadga muvofiq 
amalga oshirish va EHMdan samarali foydalanishga imkon beradi. Shuning 
uchun, buxgalteriya hisobini faqat yirik korxonalarda markazlashtirilmagan 
holda tashkil etish maqsadga muvofiq.
Aksariyat korxonalarda markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimi 
qo‘llaniladi. Ayrim korxonalarda muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqqan 
holda qisman markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobi tashkil etilib, 
tarkibiy bo‘linmalarda dastlabki hujjatlarni tuzishdan tashqari ayrim sintetik 
schotlar bo‘yicha analitik hisob yuritiladi, xarajatlar hisobi amalga oshiriladi, 
mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqiy tannarxi hisoblanadi va h.k. Lekin, 
tarkibiy bo‘linmalarda yakuniy buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Balans 
hamda boshqa hisobot shakllari tuzilmaydi. 


422 
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ishlarining 
grafigini tuzish muhim bosqich hisoblanadi. 
Hisob ishlari grafiklarining asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida 
vazifalarni taqsimlash, ishlarning bajarilish muddatlarini aniqlash bo‘lib, 
hisob xodimlarining mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlar 
belgilanmoqda. Bunday grafiklar individual, tuzilmaviy va yig‘ma bo‘lishi 
mumkin. 
Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi 
tomonidan qanday ishlar va ular qaysi muddatlarda bajarilishi ko‘rsatiladi. 
Grafikda xodimning ish kuni davomida va undan uzoqroq davrlarda (hafta, 
oy, chorak va h.k.) band bo‘lishi ta’minlanadi. 
Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida 
tarkibiy bo‘linmalari (hisob-kitob bo‘limi moddiy bo‘lim, omborxona va 
h.k.) tomonidan qanday ishlar va qaysi muddatlarda bajarilishi lozimligi 
ko‘rsatiladi. 
Yig‘ma grafikda butun korxona bo‘yicha alohida hisob ishlarini 
bajarish (inventarizatsiya o‘tkazish, moliyaviy, statistik va boshqa 
hisobotlarni tuzish va sh.k.) muddatlari ko‘rsatiladi. Unda korxona bo‘yicha 
butun hisob-jarayoni umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Uning bajarilishi 
uchun korxona bosh buxgalteri mas’ul hisoblanadi. Hisob ishlarining grafigi 
jadvallar ko‘rinishida tuzilib, ularda rejalashtirilgan ishlarning bajarilish 
muddatlari to‘g‘risida belgi qo‘yish ko‘zda tutiladi. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin