418
16.2-rasm. Buxgalteriya hisobini tashkil etish oldiga qo‘yiladigan asosiy
talablar.
16.2. Korxona rahbarining buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir
huquqi va majburiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
qonunining 11-moddasiga muvofiq:
«Buxgalteriya hisobi va hisobotini
tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi»
12
.
Bunda buxgalteriya hisobi subyekti rahbari
buxgalteriya hisobini va
moliyaviy hisobot tizimini tashkil etish uchun mas’ul bo‘lib, u hisob
ishlarining hajmidan kelib chiqqan holda ma’lum huquqlarga ega.
Amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari kamdan-kam hollarda
buxgalteriya hisobini o‘zi yuritadi. Odatda, bu vazifani buxgalteriya xizmati
yoki yollangan buxgalter bajaradi. Bu holda xo‘jalik yurituvchi subyekt
rahbari buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish
uchun barcha zarur shart-
sharoitlarni ta’minlashi, barcha bo‘linmalar va buxgalteriya hisobiga
aloqador xodimlar tomonidan belgilangan talablarning bajarilishini
ta’minlashi lozim. Бунда бухгалтерия ҳисоби субъектининг раҳбари
қуйидаги ҳуқуқларга эга:
«buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya
hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter
xizmatidan foydalanish;
buxgalteriya
hisobini
yuritishni
ixtisoslashtirilgan
tashkilotga
(auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida
12
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida», 11-modda.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishga
qo‘yiladigan asosiy talablar
Hisobot davridagi xo‘jalik operatsiyalarini
hisobda to‘liq aks ettirish
Joriy xarajatlar va kapital qo‘yilmalarni
alohida hisobga olish
Daromadlar va xarajatlarni hisobot davrlariga
to‘g‘ri olib borish
Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarining
tengligi
419
buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan
boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash;
buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish»
13
.
Shuningdek, rahbar quyidagilarni ta’minlashi shart:
«hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
ichki nazorat tartibini;
buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini;
hisob hujjatlarining but saqlanishini;
moliyaviy hisobotning tayyorlanishini;
soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini;
hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini»
14
.
Dostları ilə paylaş: