R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


ko`nikmalariga ega bo`lasiz



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

ko`nikmalariga ega bo`lasiz.


416 
16-bob. BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI
TASHKIL ETISH 
 
Inson o‘zidagi iste’dodni amalda
qo‘llash orqaligina anglab olishi mumkin. 
Seneka
16.1. Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va tashkil etishga 
qo‘yiladigan talablar 
 
Darslikning 2-Bob 2.2-paragrafida keltirilganidek, buxgalteriya 
hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq 
moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir. Shuningdek, 
ushbu maqsadga erishish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar 
qo‘yilgan:
– buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati va harakati, 
mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq hamda aniq 
ma’lumotlarni shakllantirish;
– samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini 
umumlashtirish; 
– moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni aniq tuzish. 
Agrar korxonalarda buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yilgan vazifalar faqat 
u to‘g‘ri va oqilona tashkil etilganidagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. 
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar 
butun hisob siyosatining, xususan, hisob ishlarining orqada qolishi
hisobotlarni va boshqa axborotlarni taqdim etishda kechikishlarga olib 
keladi. Buxgalteriya hisobi va iqtisodga oid axborotlarning vujudga kelishi 
hamda undan foydalanish vaqti o‘rtasidagi katta uzilishlar korxona 
faoliyatining samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qiladi. Buxgalteriya 
hisobini tashkil etishdagi kamchiliklar uning chigallashuviga, tovar-moddiy 
boyliklarning talon-taroj bo‘lishi va boshqa suiiste’molliklar, ma’muriy - 
boshqaruv xarajatlarining ko‘payishiga olib keladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda korxonaning moliya-
xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olish hamda 
ishlab chiqarish resurslari va tayyor mahsulotlardan foydalanish ustidan 


417 
nazoratni amalga oshirish maqsadida-hisob jarayonining shart-sharoitlar 
tizimi va ular elementlarining tuzilishi tushuniladi. 
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari 
dastlabki hisob va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob 
ishlarining tashkiliy shakllari, hisobotlarning hajmi va mazmuni hamda hisob 
siyosatidan iborat bo‘lishi lozim (16.1 - rasm).
Korxonaning 
moliya-xo‘jalik 
faoliyatini 
boshqarish 
talablariga 
muvofiq, buxgalteriya apparatining oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi : 

korxona faoliyati va uning natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli 
axborotlarni shakllantirish; 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin