2.2.2. Uyg’onish va yangi davrda falsafa va fan
XV asr oxiri va XVI asr boshlarini bashariat tarixida - uyg’onish davri
(Renesans) deb hisoblaydilar. Bu davr, ma’naviy hayotda tabiatni o’rganishning
kuchayishi, cherkov din ta’siriga qarshi kurashning avj olishi, falsafa va
gumanitar fanlarning ravnaqi bilan harakterlidir. Bu davrda fan g’oyat tez
sur’atlar bilan rivojlana boshladi.
Tibbiyotni ilohiyotdan holi qilish ana shu vaqtdan boshlandi. Yer va
osmon jismlari mexanikasi shu bilan birga unga xizmat qiladigan matematik
usullarni kashf etish va takomillashtirish sohasida buyuk ishlar qilindi. Analitik
geometriya, logarifmlar, differensial va integral hisob joriy qilindi. Sayyoralar
-
26
harakat qonuni ochildi. Suyuq va gazsimon jismlar mexanikasi ishlab chiqildi,
tabiatning eksperimental matematik tadqiqot usullari vujudga keldi.
Bu davrda, Leonardo da Vinchi (mexanika, fizika, gidravlika bo’yicha),
Nikolay Kopernik ( Quyosh sistemasining geliosentrik nazariyasi tuzilishi)
Iogan Kepler (astronomiya, kosmologiya, fazoviy mexanika qonuni) o’zlarining
buyuk tabiiy - ilmiy ishlarini ishlab chiqgan bo’lsalar, G.Galiley, I.Nyuton,
R.Guk, L.Eyler va boshqalar mantiqiy tajribada tasdiqlangan klassik
mexanikani berdilar.
Albatta, biz bu qisqa satrlar bilan bu davrni to’la tavsiflashdan
yiroqdamiz, lekin bu davrda buyuk faylasuflardan (jadvalda keltirilgan)
Imanuyel Kant va Gegel ijodi haqida qisqacha aytib o’tmoqchimiz.
Nemis klassik falsafasining asoschisi I.Kant (1724-1804 y.) falsafasi
materializmni idealizm bilan kelishtirishdan va bir-biriga qarama-qarshi
bo’lgan falsafiy oqimlarni bir sistemada birga qo’shishdan iboratdir.
Quyosh sistemasi koinotdagi boshlang’ich katta tumanlikni aylanma
harakat qilish natijasida kelib chiqgan deb hisoblab, buning sababi tortilish va
itarilish orasidagi ziddiyatdir. Barcha sayyoralar kabi yer ham, o’zoq davom
etgan tabiiy tarixiy taraqqiyotning mahsulidir.
Kantning fikricha narsa, predmetlar bizning ongimizdan tashqarida
mavjud, biroq ular nimadan iborat ekanligini biz bilmaymiz va hyech qachon
bila olmaymiz. Biz obyektlarni bizning sezgilarimizga qanday tuyulsa shunday
bilishimiz mumkin, ammo aslida ular qanday, buni biz bila olmaymiz.
Inson bilimini ikkiga: tajriba asosida hosil bo’lgan va tajribagacha yoki
unga bog’liq bo’lmagan bilimlarga bo’ladi.
Kishilarning idroki tabiatga qonunlar ato qiladi, tabiat inson aqliga
moslashishi kerak deb hisoblaydi.
Kant bilish metodologiyasini xususiy gnoseologiyadan ajratib haqiqiy
bilim olish tashkiliy formasi, sistemasi sifatida asosladi. U maxsus ijod
-
27
faoliyatini analiz qilib, o’ylovning mahsuldorlik qobiliyatini asosladi. U
geometriya, matematika va mexanika sohasida ham bir qancha original ishlarni
bajardi.
Nemis idealizimining cho’qqisi va nihoyasi bo’lgan Gegel (1770-1831 y.)
I.Kant ishlarini davom etib, ilmiy izlanish, ijod metodologiyasida dialektikani
bilish umumiy metodi va umuman ruhiy faoliyat ekanligini takidladi.
Uning ta’limoti bo’yicha mutloq g’oya o’z taraqqiyotida uch bosqichni:
tezis, antitezis, sintezni bosib o’tishni ko’rsatdi. “Logika fani” degan asarni
yaratib, logikaning Gegel tizimida markaziy o’rinni egallashni ko’rsatdi. U
dialektikaning uch asosiy qonunini: qarama-qarshiliklarning birligi va kurash
qonuni; miqdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni; inkorni -
inkor etish qonuni mohiyatini asoslab berdi.
Bilish nazariyasiga Gegel qo’shgan hissasi shundan iborat bo’ldiki, u
logika (mantiq) va bilish nazariyasining birligini asoslab berish bilan bir
qatorda dialektik mantiqning birinchi kengaytirilgan tizimini yaratdi.
XIX va XX asrlarda fan va ijod oldingi asrlarga nisbatan juda jadal
ravishda rivojlandi. Ayniqsa tabiiy bilishda, umuman fanda olamshumul
kashfiyotlar, yangiliklar ijod qilindi.
Shu davrda fizika fanida juda katta kashfiyotlar qilinadiki, bular o’z
o’rnida fanning rivojini butkul o’zgartirib yubordilar.
Ingliz olimi Djoul D.P. (1818-1889 y.), nemis olimlari Gelmogols G.
(1821-1894 y.), Mayer Yu.R. (1814-1878 y.) energiyaning saqlanish va
aylanish umumiy qonunini yaratganlari, biologiyada tirik organizmlarning
kletkali kashfiyoti (Shleyden, Shvann), rus olimi D.I.Mendeleyevning (1834-
1907 y.) kimyoda elementlar davriy sistemasini yaratgani va Ch. Darvinning
biologiyadagi turlarning tabiiy kelib chiqishi nazariyasini berganligi bularga
yaqqol misol bo’la oladi.
-
28
XX asrdagi genial gipotezalarning berilishi va asta-sekinlik bilan ularning
tasdiqini topib, nazariyasini yaratilishi, barcha fanlar rivojiga asos bo’ldi.
Bunga, M.Plankning kvant haqidagi gipotezasi va A.Eynshteynning nisbiylik
nazariyasini yaratilishi misol bo’la oladi. Buyuk fizik olimlarning turli xil
metodologik g’oyalari asosida (N.Bor, L.de Broyl, V.Geyzenberg, P.Dirak,
E.Shredinger, V.Pauli, E.Fermi, R.Feynman, Dj.Uiler va boshqalar) dunyoning
zamonaviy kvant - relyativistik ilmiy kartinasini yaratdilar.
Sosial va gumanitar sohada K.Marks, O.Kont, G.Spenser, Dj.St.Mill va
boshqalarning ilmiy bilish metodologiyasi, iqtisodiy nazariya, sosiologiya,
sosial falsafa sohasidagi asarlari shu sohaning jadal rivojlanishini o’zgartirdi.
Bular asnosida ko’pgina tradision falsafiy, etik, diniy muammolar yangidan
qo’yildi. Xuddi shuningdek odam psixikasi, nerv sistemasining fiziologiyasi
ham chuqur o’rganila boshlandi.
Shunga o’xshash kashfiyot va ixtirolar XX asr ikkinchi yarmida fan va
texnika sohasida revolyusiyaga olib keldi, yangidan-yangi: kvant fizikasi,
kibernetika va informatika, molekulyar genetika va gen injeneriyasi,
relyativistik astrofizikadek fanlarni yaratdi.
Umuman olganda ana shu vaqtdan boshlab fan ishlab chiqarish kuchiga
aylandi.
Xuddi shu vaqtda ilmiy izlanish, ijod metodologiyasida ssiyentizm va
postpozitivizm, germenevtika yo’nalishlari kelib chiqdi.
Ssiyentizm, - bu jamiyatning madaniy va ma’naviy hayotida fan rolini
absolyutlashtirish konsepsiyasidir.
Uning vakillari hozirgi ekologiya, demografik, oziq-ovqat muammolari
va
boshqalarni
zamonaviy
fan
orqali
yechilishini
ishonch
bilan
bildirishiyaptilar. Fanni madaniy - dunyoqarash obrazida ko’radilar.
Postpozitivizm namoyandalari (K.Popper, T.Kun, M.Polani, I.Lakatos,
P.Feyerabend, St.Tulmin va boshqalar) yangi nazariyaning qanday kelib
-
29
chiqish, qanday u o’zini manzur qilishi, konkurent ilmiy nazariyalarni qanday
taqqoslash va ular kriteriyasi va boshqalar metodologiyasining bosh vazifalari
hisoblanadi.
“Germenevtika” yunoncha so’z bo’lib, “izohlayman, tushuntiraman”
degan ma’noni beradi. U afsonaviy yunon xudosi Germes nomidan olingandir,
ya’ni xudo bilan osiy bandalar o’rtasidagi muloqotni amalga oshiruvchi, xudo
irodasini odamlarga yetkazuvchi kishilar bo’lgan emish. Platon o’z asarida
bunday izohlovchi kishilar – shoirlar deb yozadi.
Hozirgi zamon germenevtikasi, texnikaning juda katta yutuqlarini
mantiqiy talqin qilish muammolari bilan bog’liqdir. Uning muammolariga
inson axloqiy faoliyatini modellashtirish, inson miyasi vazifasining texnikaviy
andozasini yaratish, mashina bilan inson muloqatini tashkil etish kiradi.
Shuning uchun ham, elektronika, mikroelketronika, kompyuter sozlikning
rivoji, informasion jamiyat va madaniyat taraqqiyotini germenevtika
yutuqlarisiz tasavvur etish qiyindir.
Jadval 2.1
Ilmiy – falsafiy fikrlarning kelib chiqish xranologiyasi
T/r
Falsafiy fikr
namoyandalari
Davr.
y.y.
Qaysi
xalq
falsafas
iga
tobeyli
gi
Falsafiy fikri
Asosiy
asari
1
Fales
Er.av.
624-567
hamma
narsa
suvdan
kelib chiqgan va suvga
aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |