O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
J.M.Qurbonov
ILMIY IZLANISH ASOSLARI
O’quv qo’llanma
Samarqand iqtisodiyot va servis
instituti Ilmiy Kengashining
2008 yil noyabrdagi №3 - sonli
bayonnomasiga ko’ra o’quv qo’llanma
sifatida tavsiya etilgan
Samarqand-2009
-
2
J.M.Qurbonov. – Ilmiy izlanish asoslari. O’quv qo’llanma, 2009. – 250-bet
Taqrizchilar:
Eshquvvatov B.T. - O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi,
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, t.f.d.
Safarov O.F.
- BuxoroOOESTI ilmiy ishlar prorektori, professor
O’quv qo’llanmada, ilmiy izlanish asoslari sifatida ilmiy izlanish, tadqiqot va
ijodda falsafaning funksiyasi, ilmiy jarayon formasi, metodi, metodikasi, ilmiy
izlanishda til, informatika va boshqalar keltirilgan. Shu bilan birga O’zbekiston
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ilmiy izlanishning o’rni,
metodologiyasi, ta’lim
jarayonida ilmiy izlanish texnologik uslubiyati, ilmiy izlanish natijalarining
intellektual mulk ekanligi ko’rsatilgan.
O’quv qo’llanma «Servis» ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bilim olayotgan oliy
o’quv yurti bakalavriat talabalari va shu sohaga qiziquvchi keng o’quvchilar
ommasiga mo’ljallangan.
© J.M.Qurbonov
-
3
SO’Z BOSHI
Yurtimizning mustaqillik yillarida ta’lim tarbiya tizimini isloh qilish,
kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko’tarish sohasida muhim
chora-tadbirlar
amalga
oshirilmoqda.
O’zbekiston hukumati ta’limga
islohotlarning barcha bosqichlari uchun ham ustuvor soha deb qarab kelmoqda.
Ta’limning bosh bo’g’ini, bu fan va uning doimiy rivojlanishidir.
Shuning
uchun ham, Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismida: fan
- yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or
pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.
Shuning uchun hozirgi ilmiy-texnikaviy jadal rivojlanish davrida, ilmiy
va ilmiy-texnikaviy axborotlarning intensiv ravishda ko’payib borishi, turli
fanlardagi bilimlarning o’zgarib, yangilanib borish sharoitida, zamonaviy
texnologiyalarning barcha
sohalarga kirib borish vaqtida, oliy o’quv yurtida
ta’lim yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ayniqsa,
ularning mustaqil ravishda har bir ishda ilmiy-ijodiy yondashishlari, olingan
yangiliklarni tadbiq eta bilishlari talab etiladi.
“Ilmiy izlanish asoslari” fanining bakalavriatura o’quv dasturiga kiritib
o’qitilishining asosiy maqsadi, talabalarni dastlabki oliy o’quv yurtidagi taxsil
vaqtidan ilmiy izlanish-tadqiqot ishlariga jalb etish,
uning natijalarini
amaliyotga tadbiq etish va shu bilan birga mustaqil o’ylovli mutaxassislarni
tarbiyalashdir.
“Ilmiy izlanish asoslari” fanining bo’lajak bakalavrlar tayyorlashdagi
muhim o’rni shundan iboratki, bunda talabalar ilmiy izlanish asoslari haqidagi
bilimlarini yanada chuqurlashtirib, tanlangan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha,
ilmiy izlanish va tadqiqot tajriba ishlarini tashkil etish va bajarish uslubiy
qo’llanmalariga ega bo’ladilar, ilmiy izlanish asoslari metodologiyasi,
ilmiy-
tadqiqot ijodkorlik ilmiy asosini o’rganish bilan birga, o’zlarining ijodiy
o’ylovlarini aktivlashtiradilar va har bir masalada erkin ilmiy munosabatda
-
4
bo’lishga o’rganadilar. Shu bilan birga, intellektual mulk sohibi bo’lish,
ixtirochilik va rasionalizatorlik tushunchalari asoslari,
mualliflik haq-huquqi,
O’zbekiston Respublikasi sanoat mulkchiligi qonuni, O’zbekiston Respublikasi
va chet el ilmiy izlanish-tadqiqot tashkilotlari strukturasi va boshqalar bilan
tanishib nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalarini oshiradilar.
Talabalar bo’lajak oliy o’quv yurtidagi bakalavriatura tahsil vaqtida
o’quv rejasidagi fanlardan kurs ishlari (loyihalari), ilmiy referatlar, ilmiy
anjumanlarda ma’ro’zalar, bitiruv malakaviy ishning bajarilishi qoidalari,
ularning rasmiylashtirilishiga qo’yilgan talablar bilan tanishadilar.
Shu bilan birga keyingi magistratura
vaqtida ilmiy maqolalar, ilmiy-
tadqiqot va magistrlik dissertasiyasining bajarilishi, ilmiy xodim bo’lish uchun
nomzodlik, doktorlik dissertasiyalar haqida ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
Umuman aytganda, kadrlar tayyorlash milliy dasturidan kelib chiqib,
maktabgacha ta’limdan ilmiy xodim bo’lib yetishgunga qadar o’qish, tahsil
olish, ilmiy ish, tadqiqot va ijod qilish bilimiga ega bo’lishlari kerak. Ilm olish
haqida gapirar ekanmiz, bunda Payg’ambarimiz
Muhammad salloxu
alayxivassalom aytgan so’zlariga amal qilishimiz maqsada muvofiq deb
bilamiz: Ilm-egallang! – derdilar. Ilmy – sahroda do’st, hayot yo’llarida
tayanch, yolg’izlik damlarida – yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg’uli
onlarda madadkor, odamlar orasida – zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi
kurashda quroldir – deb aytgan so’zlari, ming yildan ortiq vaqtdan beri
nihoyatda to’g’riligini isbotlab kelmoqda.