O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov


 Uyg’onish va yangi davrda falsafa va fan



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

2.2.2. Uyg’onish va yangi davrda falsafa va fan 
 
 
XV asr oxiri va XVI asr boshlarini bashariat tarixida - uyg’onish davri 
(Renesans) deb hisoblaydilar. Bu davr, ma’naviy hayotda tabiatni o’rganishning 
kuchayishi, cherkov din ta’siriga qarshi kurashning avj olishi, falsafa va 
gumanitar fanlarning ravnaqi bilan harakterlidir. Bu davrda fan g’oyat tez 
sur’atlar bilan rivojlana boshladi. 
Tibbiyotni ilohiyotdan holi qilish ana shu vaqtdan boshlandi. Yer va 
osmon jismlari mexanikasi shu bilan birga unga xizmat qiladigan matematik 
usullarni kashf etish va takomillashtirish sohasida buyuk ishlar qilindi. Analitik 
geometriya, logarifmlar, differensial va integral hisob joriy qilindi. Sayyoralar 



26 
harakat qonuni ochildi. Suyuq va gazsimon jismlar mexanikasi ishlab chiqildi
tabiatning eksperimental matematik tadqiqot usullari vujudga keldi. 
Bu davrda, Leonardo da Vinchi (mexanika, fizika, gidravlika bo’yicha), 
Nikolay Kopernik ( Quyosh sistemasining geliosentrik nazariyasi tuzilishi) 
Iogan Kepler (astronomiya, kosmologiya, fazoviy mexanika qonuni) o’zlarining 
buyuk tabiiy - ilmiy ishlarini ishlab chiqgan bo’lsalar, G.Galiley, I.Nyuton, 
R.Guk, L.Eyler va boshqalar mantiqiy tajribada tasdiqlangan klassik 
mexanikani berdilar.
Albatta, biz bu qisqa satrlar bilan bu davrni to’la tavsiflashdan
yiroqdamiz, lekin bu davrda buyuk faylasuflardan (jadvalda keltirilgan) 
Imanuyel Kant va Gegel ijodi haqida qisqacha aytib o’tmoqchimiz. 
Nemis klassik falsafasining asoschisi I.Kant (1724-1804 y.) falsafasi 
materializmni idealizm bilan kelishtirishdan va bir-biriga qarama-qarshi 
bo’lgan falsafiy oqimlarni bir sistemada birga qo’shishdan iboratdir. 
Quyosh sistemasi koinotdagi boshlang’ich katta tumanlikni aylanma 
harakat qilish natijasida kelib chiqgan deb hisoblab, buning sababi tortilish va 
itarilish orasidagi ziddiyatdir. Barcha sayyoralar kabi yer ham, o’zoq davom 
etgan tabiiy tarixiy taraqqiyotning mahsulidir. 
Kantning fikricha narsa, predmetlar bizning ongimizdan tashqarida 
mavjud, biroq ular nimadan iborat ekanligini biz bilmaymiz va hyech qachon 
bila olmaymiz. Biz obyektlarni bizning sezgilarimizga qanday tuyulsa shunday 
bilishimiz mumkin, ammo aslida ular qanday, buni biz bila olmaymiz. 
Inson bilimini ikkiga: tajriba asosida hosil bo’lgan va tajribagacha yoki 
unga bog’liq bo’lmagan bilimlarga bo’ladi. 
Kishilarning idroki tabiatga qonunlar ato qiladi, tabiat inson aqliga 
moslashishi kerak deb hisoblaydi. 
Kant bilish metodologiyasini xususiy gnoseologiyadan ajratib haqiqiy 
bilim olish tashkiliy formasi, sistemasi sifatida asosladi. U maxsus ijod 



27 
faoliyatini analiz qilib, o’ylovning mahsuldorlik qobiliyatini asosladi. U 
geometriya, matematika va mexanika sohasida ham bir qancha original ishlarni 
bajardi. 
Nemis idealizimining cho’qqisi va nihoyasi bo’lgan Gegel (1770-1831 y.) 
I.Kant ishlarini davom etib, ilmiy izlanish, ijod metodologiyasida dialektikani 
bilish umumiy metodi va umuman ruhiy faoliyat ekanligini takidladi. 
Uning ta’limoti bo’yicha mutloq g’oya o’z taraqqiyotida uch bosqichni: 
tezis, antitezis, sintezni bosib o’tishni ko’rsatdi. “Logika fani” degan asarni 
yaratib, logikaning Gegel tizimida markaziy o’rinni egallashni ko’rsatdi. U 
dialektikaning uch asosiy qonunini: qarama-qarshiliklarning birligi va kurash 
qonuni; miqdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni; inkorni - 
inkor etish qonuni mohiyatini asoslab berdi. 
Bilish nazariyasiga Gegel qo’shgan hissasi shundan iborat bo’ldiki, u 
logika (mantiq) va bilish nazariyasining birligini asoslab berish bilan bir 
qatorda dialektik mantiqning birinchi kengaytirilgan tizimini yaratdi.
XIX va XX asrlarda fan va ijod oldingi asrlarga nisbatan juda jadal 
ravishda rivojlandi. Ayniqsa tabiiy bilishda, umuman fanda olamshumul 
kashfiyotlar, yangiliklar ijod qilindi.
Shu davrda fizika fanida juda katta kashfiyotlar qilinadiki, bular o’z 
o’rnida fanning rivojini butkul o’zgartirib yubordilar. 
Ingliz olimi Djoul D.P. (1818-1889 y.), nemis olimlari Gelmogols G. 
(1821-1894 y.), Mayer Yu.R. (1814-1878 y.) energiyaning saqlanish va 
aylanish umumiy qonunini yaratganlari, biologiyada tirik organizmlarning 
kletkali kashfiyoti (Shleyden, Shvann), rus olimi D.I.Mendeleyevning (1834-
1907 y.) kimyoda elementlar davriy sistemasini yaratgani va Ch. Darvinning 
biologiyadagi turlarning tabiiy kelib chiqishi nazariyasini berganligi bularga 
yaqqol misol bo’la oladi. 



28 
XX asrdagi genial gipotezalarning berilishi va asta-sekinlik bilan ularning 
tasdiqini topib, nazariyasini yaratilishi, barcha fanlar rivojiga asos bo’ldi. 
Bunga, M.Plankning kvant haqidagi gipotezasi va A.Eynshteynning nisbiylik 
nazariyasini yaratilishi misol bo’la oladi. Buyuk fizik olimlarning turli xil 
metodologik g’oyalari asosida (N.Bor, L.de Broyl, V.Geyzenberg, P.Dirak, 
E.Shredinger, V.Pauli, E.Fermi, R.Feynman, Dj.Uiler va boshqalar) dunyoning 
zamonaviy kvant - relyativistik ilmiy kartinasini yaratdilar. 
Sosial va gumanitar sohada K.Marks, O.Kont, G.Spenser, Dj.St.Mill va 
boshqalarning ilmiy bilish metodologiyasi, iqtisodiy nazariya, sosiologiya, 
sosial falsafa sohasidagi asarlari shu sohaning jadal rivojlanishini o’zgartirdi. 
Bular asnosida ko’pgina tradision falsafiy, etik, diniy muammolar yangidan 
qo’yildi. Xuddi shuningdek odam psixikasi, nerv sistemasining fiziologiyasi 
ham chuqur o’rganila boshlandi. 
Shunga o’xshash kashfiyot va ixtirolar XX asr ikkinchi yarmida fan va 
texnika sohasida revolyusiyaga olib keldi, yangidan-yangi: kvant fizikasi, 
kibernetika va informatika, molekulyar genetika va gen injeneriyasi, 
relyativistik astrofizikadek fanlarni yaratdi. 
Umuman olganda ana shu vaqtdan boshlab fan ishlab chiqarish kuchiga 
aylandi. 
Xuddi shu vaqtda ilmiy izlanish, ijod metodologiyasida ssiyentizm va 
postpozitivizm, germenevtika yo’nalishlari kelib chiqdi. 
Ssiyentizm, - bu jamiyatning madaniy va ma’naviy hayotida fan rolini 
absolyutlashtirish konsepsiyasidir. 
Uning vakillari hozirgi ekologiya, demografik, oziq-ovqat muammolari 
va 
boshqalarni 
zamonaviy 
fan 
orqali 
yechilishini 
ishonch 
bilan 
bildirishiyaptilar. Fanni madaniy - dunyoqarash obrazida ko’radilar. 
Postpozitivizm namoyandalari (K.Popper, T.Kun, M.Polani, I.Lakatos, 
P.Feyerabend, St.Tulmin va boshqalar) yangi nazariyaning qanday kelib 



29 
chiqish, qanday u o’zini manzur qilishi, konkurent ilmiy nazariyalarni qanday 
taqqoslash va ular kriteriyasi va boshqalar metodologiyasining bosh vazifalari 
hisoblanadi. 
“Germenevtika” yunoncha so’z bo’lib, “izohlayman, tushuntiraman” 
degan ma’noni beradi. U afsonaviy yunon xudosi Germes nomidan olingandir, 
ya’ni xudo bilan osiy bandalar o’rtasidagi muloqotni amalga oshiruvchi, xudo 
irodasini odamlarga yetkazuvchi kishilar bo’lgan emish. Platon o’z asarida 
bunday izohlovchi kishilar – shoirlar deb yozadi.
Hozirgi zamon germenevtikasi, texnikaning juda katta yutuqlarini 
mantiqiy talqin qilish muammolari bilan bog’liqdir. Uning muammolariga 
inson axloqiy faoliyatini modellashtirish, inson miyasi vazifasining texnikaviy 
andozasini yaratish, mashina bilan inson muloqatini tashkil etish kiradi. 
Shuning uchun ham, elektronika, mikroelketronika, kompyuter sozlikning 
rivoji, informasion jamiyat va madaniyat taraqqiyotini germenevtika 
yutuqlarisiz tasavvur etish qiyindir.
 
Jadval 2.1 
Ilmiy – falsafiy fikrlarning kelib chiqish xranologiyasi 
T/r 
Falsafiy fikr 
namoyandalari 
Davr. 
y.y. 
Qaysi 
xalq 
falsafas
iga 
tobeyli
gi 
Falsafiy fikri 
Asosiy 
asari 

Fales 
Er.av. 
624-567 
hamma 
narsa 
suvdan 
kelib chiqgan va suvga 
aylanadi. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin