O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti j. M. Qurbonov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/36
tarix25.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#148335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
5-y-R-Y-ILMIY-IZLANISH-ASOSLARI-Oquv-qollanma-J.M.-QurbonovToshkent-2009

Nazorat savollari:
 
1. O’zbekistonda ilmiy izlanish ishlarining umumiy tashkillashtiruvchi 
Davlat strukturasi. 
2. Vazirlar Mahkamasi qoshidagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni 
muvofiqlashtirish qo’mitasi vazifalari. 
3. O’zbekistonda eng yuqori ilmiy tashkilot nima?
4. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ilmiy-pedagogik xodimlar 
tayyorlash tizimi nimadan iborat?
5. Aspirantura, doktorantura ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash. 
6. Ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar tushinchasi va turlari. 
7. Prezident I.A.Karimovning “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni 
takomillashtirish to’g’risida” farmonining mohiyatini tushuntiring. 
8. Metod, ilmiy metod deganda nima tushuniladi? 
9. “Ilmiy izlanishning asosiy vazifalariga nimalar taalluqli 
10. Oliy o’quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



19 
2. ILMIY IZLANISH, TADQIQOT VA IJODDA FALSAFANING 
FUNKSIYASI 
 
2.1. Falsafa fanlarning fani ekanligining mohiyati 
Falsafani greklar – donolik fani yoki donishmandlik deb ataganlari 
(“faleo” - sevaman va “sofiya” – donolik, grekcha so’z), ilmiy izlanishda ham 
yaqqol ko’rish mumkin. Chunki, har qanday sohada ham, u go’yoki ruslarning 
“matryoshkasi”dek, ma’lum tartibda (iyerarxik) bilimlarni o’z ichiga olib 
boradi. Ilmiy izlanish, tadqiqot va ijodda ham falsafaning funksiyasi xuddi 
shunday. 
Falsafaning funksiyasi xilma-xil bo’lib, uning eng muhim xususiyati, 
kishilarda olam haqida bir butun dunyoqarashni shaqllantirishdir. Shu bilan 
barcha falsafa metodologik harakterga, u aniq fan vakillarini bilishning va 
voqye’ylikni o’zgartirishning eng umumiy izlanish metodologiyasi bilan 
qurollantiradi. 
Falsafiy bilim turli harakterga ega. Falsafa fan sifatida o’ziga kata, ko’p 
qirrali tabiat, jamiyat, odamzot va uning tafakkuri bilimlaridan, umumiysini, 
jarayonlar haqida chidamli haqiqatni, obyektiv reallikni bog’lanishlarni va 
qonuniyatlarni izlanishni maqsad qilib qo’ygan. 
Uning asosiy maqsadi - dunyoning tuzilishini bilish, shuning uchun u 
haqida umumiylikda gapiriladi. Falsafiy bilimda real hodisalar, jarayon va 
munosobatlar keng ko’lamda umumiylashtiriladi. 
Mana shu asnoda, falsafa barcha narsalarni o’rganadi. Masalan, o’zining 
tarkibida u narsalar sifati, miqdori va o’lchami haqidagi ta’limotga ega. Lekin, 
bu real narsalarning aniq va maxsus sifat, miqdor va o’lchov ko’rsatkichlari 
emas, balki ular haqidagi kategoriyalar, ya’ni obyektiv haqiqatni umumiy 
qirralari, ularning tushunchalari, bilish qonunlaridir. 



20 
Falsafaning markaziy bilimida, kategoriyalar, umumiy qonunlar ta’limoti 
turadi, shu bilan birga bilish nazariyasi, mantig’i va metodologiyasi umumiy 
prinsiplari yotadi. Kategorial tushunarli stil bu falsafiy bilish asosiy 
strategiyasidir. Shu bilan falsafa hammaga tushunarli haqiqatning modeli va uni 
bilishni yaratadi, uning metodlarini ishlab chiqadi. Bular esa, o’z o’rnida 
obyektiv reallikni umumiy shaqlini aks etadiki, bunda u universal ko’rinishda 
masalan: dialektik, tarixiy, strukturaviy va h.k.o. metodlarda bo’ladi. 
Real jarayonlarni ilmiy bilishda, narsalarni tabiatini bilim bilan, yana 
bilimni o’zining tabiatini bilish bilan ham shug’ullanadi. Agar, birinchisida, 
obyektiv dunyo konkret hodisalari va predmeti o’rganilsa, ikkinchisida - bilimni 
bilishda ma’lum jarayon determinalarini va haqiqatni o’rganish muammosiga, 
obyektivlik 
va 
subyektivlik 
analiziga, 
bilimni 
metodologiya 
bilan 
qurollantirishga, uning nazariy - bilishlik texnologiyasiga va bilimni 
maxsusligini bilishga qaratilgan. 
Ilmiy izlanish falsafiy ta’limotning tarkibiga antologik, gneseologik va 
epistemologik bilimlar turibdiki, quyida ular haqida aytishimiz maqsadga 
muvofiqdir. Agar, biz bizni qurshab turgan borliqning umumiy asoslari, 
prinsiplari, strukturasi va qonuniyatlari haqidagi ta’limotni - antologiya 
(yunoncha - borliq haqida) desak, unda borliqni bilish, inson bilimlarining kelib 
chiqishi va metodlari haqidagi falsafiy ta’limot - gnoseologiya bo’ladi. 
Gnoseologiya (grekcha – bilim-ta’limot) bilan bir qatorda epistemalogiya
ham ishlatiladi (grekcha bilim - fikrdan farq qilingan) odatda, ilmiy bilish 
nazariyasi epistemologiya ham deb yuritiladi. 
Fanning rivojlanishi klassik bosqichida uning bilish obyektiga 
yo’naltirilgan edi. Unda agar fanning o’z-o’zini anglash “fan - obyekt” 
bog’liqligi atrofida harakat qilsa, ya’ni bilish subyekti (faqat u analizga 
qatnashishini hisobga olgan holda) faqat obyekt va bilim orasidagi vositachi 
sifatida ko’rilsa-bu falsafaning antologiya qismi hisoblanadi. Antologiyaning 



21 
harakterli tomoni: har bir ma’lum obyektga to’liq, ma’lum bilim, bilimni olish 
jarayoni bu, obyektiv haqiqat yo’lidagi harakat hisoblanadi. 
Keyinchalik bilimni o’z-o’zini anglashi “subyekt-obyekt” bog’liqligi 
atrofida yig’ilganda, gneseologik bog’liqlikni keltirib chiqaradi. 
Agar antologiya asosiy savol obyekt haqida haqiqiy bilimni qanday bilish, 
qanaqa dastlabki shart-sharoiti haqida bo’lgan bo’lsa, gnoseologiya mana shu 
dastlabki shart-sharoit muammolari, bilish konstruktiv kuchini ko’taradi. 
Boshqacha aytganda, uni shu topshiriqni bilish formasining adekvatligi 
qiziqtiradi, ya’ni oxirgi hisobda obyektni egallashdir. 
XX asrdagi gnoseologiyaning rivojlanishi, modifikasiyalanishi bilan u 
bilish vositalariga yo’naltirildi, ya’ni o’rganiladigan obyektga yondashish 
prinsiplari, fundamental kategoriyalar va ilmiy bilish tushunchasi, izlanish 
metodlari va proseduralari, tushuntirish sxemalari, ilmiy nazariyalarni tuzish 
usuli va h.k., ya’ni metodologiyani keltirib chiqardi. 
Shunday qilib, falsafa ilmiy izlanish, tadqiqot ijod jarayonida ma’lum 
reallik haqida modellarni ishlab chiqishi (antologik aspekt) fanni haqiqatni 
bilish uchun zamonaviy usullar, yo’llar va metodlar bilan qurollantirishi 
(gnoseologik aspekt) va rivojlanayotgan dunyo jarayon va hodisalarining o’zaro 
bog’liqligi va o’zaro munosabati umumiy prinsiplarini ishlab chiqishi 
(metodologik aspekt) funksiyalari mavjud. Bularning hammasi ilmiy izlanish 
falsafiy asoslarini hosil qiladiki, bularning hosil bo’lishida ming yillar davrdagi 
ilg’or ilmiy izlanish natijalari hosil qilib keliyapti. 



22 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin