3.2.2. Ilmiy izlanish va ijodda fakt
Fakt - deb hodisaning o’zini, ya’ni narsani obyektiv reallik jarayonining,
o’z xususiyatlariga ega bo’lgan bilim tushuniladi.
Fakt termini adabiyotda bir ma’noda ishlatilmaydi. Ayni holda bizni
terminning qanday bilim faktlik bilim ekanligi haqida bilish qiziqtiradi.
Faktlar deb, birinchi navbatda, empirik yo’l bilan, ya’ni ko’zatish va
uning natijalarini tasvirlash vositasi bilan hosil qilingan qoidalarni hisoblasa
maqsadga muvofiq bo’ladi.
-
80
Har qanday bilim, uning tartibli sistemasi bo’lgan nazariya, xuddi shu
fandagi faktlarga suyanadi, qolaversa, shulardan tashkil topgan bo’ladi. Shuni
ham aytib o’tishimiz kerakki, nazariya ishonchli bilimga asoslanib ish ko’radi,
bu bilimning qay tariqa, empirik tarzdami, yoki aql yugurtirish (nazariy,
mantiqiy) yo’li bilanmi hosil qilinganligining bunda ahamiyati yo’q.
Fakt epistemologiyaning (bilish nazariyasi strukturasi, tuzilishi va
rivojlanishi haqidagi falsafiy metodologik o’rganish) kategoriyasi sifatida
qaraladi. Ilmiy fakt-bu kategoriya sifatida bilish faoliyatida, obyektiv natijani
ya’ni o’zida obyekt haqidagi ishonchli axborotni bildiradiki, bu barcha odamlar
uchun tushunarli bo’ladi.
Faktlar ham, ilmiy bilimning ikki tilda ya’ni emperik va nazariy
bo’lganligi kabi, faktlar ham ikki xil empirik ilmiy fakt va fanning nazariy
faktlariga bo’linadi.
Emperik ilmiy fakt, emperik tushuncha va qonunlar rejasida mulohaza
etilib, shulardan olingan hodisalarni bilish natijasi hisoblanadi.
Bundan farqli, fanning nazariy faktiga biror-bir ilmiy nazariyani
tushunilishi tahlildan olinadigan faktlar hisoblanadi. Faktlarning bunday
turlanishi obyektiv reallikni tushuntirishning analizi ikki xil yo’lidan chiqadi va
fanning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.
Ilmiy izlanishda ayniqsa, shulardan emperik ilmiy faktlar muhim o’rin
egallaydi. Ulardan to’g’ri xulosa chiqarish va ularni ilmiy bilim strukturasiga
kirgiza bilishi, ya’ni yangi ilmiy jumboqni o’ylash va yechish, mulohaza etish,
faraz va gipoteza yoki ilmiy nazariyani o’ylash fanning rivojlanishiga katta
ilmiy ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ilmiy faktlarning mohiyati shundaki, u birinchidan, o’zidan oldingi
bilimlar kriteriysi, uning to’g’ri yoki noto’g’ri, haqiqiy yoki haqiqiy emasligini
aniqlab beradi, ikkinchidan esa, ularni tushuntirib oldindan prognozlab
rivojlanishini ko’rsatib beradi.
-
81
Xuddi ana shunday yo’l bilan ilmiy nazariya yangisiga almashinishi yoki
to’la bo’lib rivojlanishi, chuqurlashishi, takomillashishi mumkin.
Ilmiy faktlarning asosiy belgilariga uning “qaysarligi”, invariantligi va
obyektivligini olishimiz mumkin.
Bilimning ishonchliligi uning faktga aylanishi uchun zarur shartdir,
shuning uchun faktlar to’g’risida so’zlaganda faktlar, qaysardir degan gapni
aytadilar, uning “qaysarligi” shundaki, tadqiqotchiga u yoqish-yoqmasligidan
qat’iy nazar uni qabul qilishga to’g’ri keladi. Ana shunday faktlar, ko’p holda
bir butun bilimni, ilmiy nazariyalarni qolaversa, dunyoqarashni o’zgartirib
yuboradi. Masalan, buyuk olim Millikenning yog’ tomchilarini izlanishida
elektron massasini topishi, klassik fizikani butkul o’zgartirib yubordi yoki
abadiy dvigatelning bo’lmasligi, nur tezligining doimiyligi, energiya yordamida
harakat bo’lishi, inert va gravitasion massaning tengligi va h.k. xuddi ana
shunday “qaysar” faktlar hisoblanadi.
Faktning invariantligi, ya’ni o’zi doim bo’lgan sistemadan bir qadar
mustaqilligi uning ishonchli ekanligidan kelib chiqqan hosila belgisidir. Invar-
termini grekcha «o’zgarmas» degan ma’noni bildirishini nazarda tutsak, unda
faktning invariantligi har qanday holatda ham o’zgarmasligini tushunishimiz
mumkin. Ya’ni faktlar sistemasining miqdorli tavsifi hisoblanib, uning bir
butunlik xususiyatini, uni tashkil etgan elementlari xususiyatlari tashkil etadi.
Sistema har qanday o’zgarganda ham, bu elementlar (invariantlar)
o’zgarmay qoladi. Masalan, tekislik nuqtalari orasidagi masofa, tekislik
ko’chganda ham, aylanganda ham o’zgarmaydi.
Faktlarning obyektivligi ham muhim hisoblanib, obyektiv-haqiqatni
bildirishini ko’rsatadiki, shu sifatida isbotlangan doimiy bo’lib, u har qanday
sistemaga kiritilishidan qat’iy nazar, o’zining shu mazmunidagi holicha
qolaveradi.
-
82
Gipotezalar va farazlar amaliyot mezonidan o’tolmasdan, tarqalib
ketishlari mumkin, ammo gipotezalar va farazlarga asos bo’lgan faktlar
o’zining obyektivligi, haqiqiyligi bilan qolaveradi va bilimning bir sistemasidan
ikkinchi sistemasiga o’taveradi.
Bulardan tashqari, faktlarning vaqt jihatdan jamg’arilishi, bir butun
sistemaga kelib nazariya hosil qilish xususiyati ham borki, asrlar davomida
fanlarning rivojlanishiga muhim o’rin egallab kelmoqda.
Faktlarning jamg’arilishi, to’g’rirog’i faktlar jamg’arish - ilmiy
tadqiqotning eng muhim qismidir, ammo bu jamg’arish o’z-o’zidan
muammolarni hal qilmaydi.
Shuning uchun ham, bizni qiziqtiradigan hodisa yoki prosessni tasvirlab
va izohlab beradigan bilim sistemasi bo’lishi zarur. Bu sistema turli darajalarda:
faraz, gipoteza, ishonchli ilmiy nazariya holida bo’lishi mumkin.
Ilmiy bilish sistemasida faktlar, yana o’ziga xos funksiyalarni bajaradi.
Bu funksiyalarga: tavsiflash (ta’riflash), tushuntirish, asoslash, tushunish,
oldindan aytish kiradi. Bu funksiyalar bir biri bilan o’zaro bog’liq ravishda, bir-
biriga o’tib asoslab turadi. Chunki izlanish obyektini ilmiy fakt tavsiflaydi
ta’riflaydi, shuning asosida esa oldindan bilimni tushuntirib asoslab beradi,
bunda oldindan tan olinmagan, ko’rilmagan bilim ilmiy bilim xazinasiga
to’planadi. Faqat shundan so’ng, tunushtirish, ilmiy faktlar interpretasiyasi,
tushunilishi, o’ylanishi va bilib olinishi bo’ladi.
Ilmiy faktning kuchliligi, eng avvalo, ilmiy bilishda prognozlash
hisoblanadiki, bunda fanda oldindan ko’rish, aytish, ilmiy jumboqni topish va
intuisiya faqat faktlar bilan sug’oriladi, ular faktlarga suyanadi va shu bilan
rivojlanadi.
Albatta, bularning hammasi ilmiy izlanishning ham rivojiga asos
bo’lishadi.
-
83
Yuqoridagi, faktlar xususiyatidan birida, faktlarni yig’ish, jamg’arish
haqida gap borgandi. Ilmiy izlanish va ijod ham, fandagi kabi faktlarning
jamg’arilish jarayoni muntazam ravishda olib boriladi. Bu jamg’arish albatta
tartibsiz, xaotik emas, balkim biror maqsad, ilmiy izlanish vazifasi bo’yicha
aniq yo’naltirilgan bo’ladi.
Chuqur mantiqga, qattiq sistemaga ichki mantiqiy bogliqlikga ega,
qandaydir ma’noga ega bo’lishi, ilmiy izlanish va ijodda katta samara beradi.
Shuning uchun ham, har qanday sohadagi izlanuvchi, ijodkor olim
faktlarni yig’ishdan oldin ilmiy o’ylov, mulohaza qilib, qanday turdagi faktlarni
u yig’ishi keraqligini, fanlarning qaysi sohalaridan yig’ishini, qanaqa usul bilan
yig’ishini, qaysi sharoitda va qanaday maqsadda yig’ishini va h.k. albatta
aniqlashi zarur bo’ladi.
Ko’p holda faktlar biror faraz yoki ishchi gipoteza yoki biror-bir
o’rnatilgan ilmiy nazariya asosida yig’iladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki,
buyuk olim A.Eynshteyn ta’biri bilan aytganda, yosh fanlar bo’lsa yuqoridagi
sxema bo’yicha bajariladi, aksariyat ilmiy fikr bu shu fikrlargacha bo’lgan
fikrlarni rivojlantirishdir, chunki barcha fanlar bu kunlik o’ylov bilan
takomillashidir.
Fan
bo’yicha olingan yangi faktlar shu fanning bilimlarini
chuqurlashtiradi yoki uning kuchsizligini yoki asossizligini, qolaversa to’liq uni
noto’g’riligini ko’rsatishi mumkin. Ayniqsa, bu oxirgisi, fanda revolyusiya
qilish sharoitini keltirib chiqaradi, fanning rivojlanishi katalizatori yoki
yurituvchi kuchi rolini bajaradi.
Masalan, atomning bo’linishini topilishi (Bekkerel, Rengen,M. Kyuri,
P.Kyuri) qushlar va hasharotlarning havodan og’ir bo’lsada, lekin havoda
uchishlarini ta’kidlab, hozirgi aviasiya, raketa aerodinamikasining kelib
chiqishi, (Siolkovskiy, Jukovskiy) vaqtni nafaqat chegaralangan fazoda, balkim
-
84
to’liq umumiy fazoda ko’rilishi nisbiylik nazariyasini keltirib chiqardi
(A.Eynshteyn, N.Bor) va h.k.
Agar, biz maqsadli ilmiy izlanishda, biror-bir yangi faktga erishsak,
bunda ilmiy izlanish tugaganga o’xshaydi, ammo bu bunday emas, balkim
xuddi shu faktni yoki shu fakt asosida boshqa hodisa-jarayonlarni ilmiy
izlanishi, tahlili, qiyoslash va taqqoslash, ular orasida bog’liqlikni topish va
shular asosida yangi faktlarni topish boshlanadi.
Faktlarni topish, ular asosida bir butun nazariya yaratish, bu har bir
olimning, ijodkorning asl maqsadi, pirovardda uning maqsadi ham hisoblanadi.
Odamzot faqat faktlarga suyanib, uni o’rab turgan dunyoni o’rganadi, biladi va
yashaydi.
Ilmiy faktlar haqiqatni tasdiqlovchi ko’rsatuvchi kuchli faktor, dalil, u o’z
yo’lidagi xatoliklarni, noaniqlikni doimo bartaraf etib, kelgusida ilmiy izlanish,
ijodga zamin yaratib kelgan.
Faktlarni topishda, yig’ishda izlanuvchi olimning yuqori insoniy
fazilatlari: uning juda e’tiborli bo’lishi, harakatchanligi, chidamliligi, absolyut
obyektivligi, eski bilimga moslashmay, olib qochmay, sxolastika bilan
shug’ullanmasligi talab etiladi. Bunda, ayniqsa uning to’g’ri so’zligi,
prinsipialligi, vijdoni, olimning professional etikasi o’zining so’ziga sodiqligi
katta rol o’ynaydi. Fan tarixida, juda ko’p fidoyi insonlar, G.Galiley, J.Bruno,
Abu.Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibin Sino, Mirzo Ulug’bek va h.k. misol qilib
keltirish mumkin.
Ilmiy izlanishdagi eng ishonchli ilmiy bilim, bu fakt ekanligi va izlanish,
ijod ana shu bilimga tayanib rivojlanishini biz fanlar tarixida ko’rishimiz
mumkin. Agar, ilmiy ko’zatish, eksperiment va tajribada, xuddi shuningdek
nazariyadagi qonunlar amaliyotda ishonchliligi aniqlansa ular faktlarga
aylanadi.
-
85
Uning ana shulardan invariantlik, ya’ni o’zi kirgan sistemadan bog’liq
bo’lmaslik xususiyati kelib chiqadi.
Amaliyotda, faktlarga asoslanib to’zilgan gipotezalar, prognozlar, turli
jumboqlar va mulohazalar tasdiqlanmay, noto’g’riligi bilinib qolsada, faktlar
o’zgarmasdan bilimning boshqa sistemasiga o’tib ketadi.
Fakt faqat obyektiv dunyoning adekvat manzarasini aniq tasvirlab berishi
kerak.
Faktlar haqidagi ko’rilgan barcha bilimlar iqtisodiy nazariyalarda ham
keng qo’llanilib kelmoqda.
Iqtisodiy fanlardagi faktlar quyidagi terminlar va tushunchalar bo’lgan,
“tovar” “baho” “almashinish”, “bo’llash”, “bozor”, “rakobat”, “foyda”,
“mehnat unumdorligi”, effektivligi va h.k. bilan yoritiladi, tushuntiriladi.
Iqtisodiy izlanish faktlariga asoslanib, iqtisodchi olimlar o’zlarining
nazariyalari va konsepsiyalarini yaratishadi.
Masalan, avstriya iqtisodiy maktabining asoschisi Karl Menger o’zining
ilmiy ijodida subyektiv-psixologik metodini qo’llashni ko’rsatib berdi. Bunga
asosan faqat inson iqtisodiy hayotining asosiy faktori hisoblanadi va iqtisodiy
izlanishda odamning talabi va ehtiyoji izlanishi kerak deb hisoblaydi.
Kembridj iqtisodiy maktabi asoschisi, ingliz iqtisodchisi A.Marshal
narxning mehnat nazariyasi, foydalilik chegarasi va unumdorlik chegarasi
nazariyalari asosida talab va taklif iqtisodiy nazariyasini ishlab chiqdiki,
tovarlarning bozordagi narxi uning foydaliligi chegarasidan (talab) va sarf
harajat chegarasidan (taklif) aniqlandi.
Dj.Keyns (A.Marshalning shogirdi) iqtisod rivojlanishini tartibga solishi
nazariyasini yaratib, makroiqtisod iqtisodiy fanini boshlab berdi. U birinchi
bo’lib iqtisodda talab va taklif, milliy daromad, jamg’arma, investisiya iqtisodiy
rivojlanish faktlarining bir-biriga bog’liqligini analiz qilib, bunda izlanishdagi
matematik modellarni keng qo’lladi.
-
86
1974 yilgi iqtisodiy sohadagi Nobel mukofoti laureati fon Xoyek
neoliberalizm nazariyotchisi sifatida, iqtisodda maksimal erkinlik, raqobat,
erkin tadbirkorlik va davlatning bozor mexanizmi ishiga umuman aralashmaslik
prinsipini yoqladi. Buni u “katalaktika” deb atadi.
1976 yilgi iqtisodiy sohadagi Nobel mukofoti laureati Chikago iqtisodiy
maktabi nomoyandasi F.Milton monetarizm nazariyasini, ya’ni bozorni
rivojlanishida va iqtisodiy muvozanatni rivojiga asosiy rolni pulga beradi,
chunki pulli taklif asosiy faktor bo’lib, ishlab chiqarish darajasini, baho va
bandlikni aniqlaydi.
Albatta, shunga o’xshash misollarni iqtisodiy sohadan ko’plab keltirish
mumkin bularning barchasida faktlar asosiy rolni uynaydi.
Haqiqiy ilmiy fakt ilmiy izlanish va ijodning asoslash kriteriysi sifatida
bo’ladi.
Ilmiy faktning gnoseologik, epistemologik tabiatiga faktualizm va
teoretizm kiradi.
Faktualizm tabiatida fakt, o’zining erkinligi va avtonomligini bildirsa,
teoretizmda uning nazariyaga to’liq bog’liqligini, unga qaramligi tushuniladi.
Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, har bir sohadagi yangi topilgan
faktlar shu sohani yana bir bor sinovdan o’tkazadi yoki rivojlantiradi, yoki
bekor qiladi. Barcha holatda ham u ilmiy izlanishni potensialini kuchaytirib,
ilmiy bilimni rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: |